Со'збошы
Koʻhna davrlarning insonlari bilan oʻzimizni solishtirsak, maqtashga arzigulik hech
narsamiz yoʻqligiga guvoh boʻlamiz.
Ulardan ortiqroq oʻldiryapmiz!
Ulardan koʻproq janjal koʻtaryapmiz!
Ulardan ancha qoloqmiz!
Boshqa dinlarning vakillari, yaʼni butun dunyo bilan aslida qarindoshmiz. Барыміз
ilk insonning avlodlarimiz. Shunday ekan, qaysi dinga eʼtiqod qilishimizdan
qatʼi nazar, bir -birimizga tuhmat toshlarini otmasligimiz, bir -birimizga gʻov
boʻlmasligimiz, boshqalarning yashash huquqini cheklamasligimiz darkor.
Bir xalqning uch-toʻrt vakili xatoga yoʻl qoʻysa va bu xatoning badali butun boshli
xalqdan soʻraladigan boʻlsa, insoniylikdan ogʻiz ochish mumkinmi?..
Boshqa dinlarning vakillari bilan bir ota-onadan tarqalganmiz. Bir -бірымізні
oʻz dinlarimizga chaqirishimiz mumkin, biroq bu chaqiriq javobsiz qolsa, bir -
birimizni shundoqligimizcha qabul qilishga majburmiz.
Бу кітобні о'кіб біцірмай турыб у хакіда фікр білдырыш учун ё наксоліс, ёкі джохіл
boʻlish kerak...
* * *
Bizga qilingan haqoratlar uchun oʻch olishni oʻylamay, qiziquvchilarga foydasi tegar
degan ilinjda “Nasroniy atirguli”ni qalamga oldim.
Baʼzi doʻstlarim oʻqib koʻrishdi, «Bu roman mavzu nuqtai nazaridan yangilik
boʻlibdi", – deya fikr bildirishdi. Buni ezgu tilak sifatida qabul qilib,
doʻstlarimga tashakkur ižor etaman.