Bolgar yozuvchisi va shoiri Bogomil Raynovning „Mening noma’lum sohibjamolim“ asari muhabbat haqida hikoya qiladi. Muallif bu asarida g‘arb jamiyatining muhabbat haqidagi qarashlari, intilishlari, kamchiliklarini ochib bergan.
Мухаббат ва яна мухаббат хикоя килувчи бу китоб, о‘йлаймизки, сизга манзур бо‘лади.
Kemachamiz San-Jorjo orolini aylanib o‘tgach, uning motori jadallashib, yengil va bir maromda ishlay boshladi. Ko‘z oldimizda to Lidogacha yastangan moviy-yashil ko‘rfaz ko‘rindi. Ufqdan oshib o‘tishga ulgurgan bir necha motorli qayiqlarning qoldirgan ko‘pikli izlari suv sahnida to‘lqinlanardi.
Shamol kuchayib, sal salqinlashdi. Kayutaning soyasiga o‘tganimdan ruhim tetiklandi. Afsuski, rejamdagi ikki ibodatxona va bitta qasrni inkor qilgandim. Aks holda kayfim juda chog‘ bo‘lardi.
«Куюнма, — dedim o‘zimga-o‘zim. — Bu yog‘ini sal tig‘izlasang bariga ulgurasan. Хориб-чарчаганда томоша килишдан нима фойда бор? Baribir miyangga hech narsa kirmaydi».
Shu xayolda dengizdan shahar tomonga keskin burilgandim, yonimdagi ayolga tegib ketdim. Ayol o‘qishga juda berilib ketgan shekilli, kechirim so‘raganimda qarab ham qo‘ymadi.
„Voy-bo‘, buning kekkayishini-chi!“ — dedim ichimda, unga ko‘z qirimni tashlab. Ayol kekkayarmidi yo‘qmi, noma’lum, lekin atrofdagi hech narsaga e’tibor bermay mutolaa qilardi. Uning yuzi mahalliy ayollarnikidek yarq etib ko‘zni oluvchi toifadan bo‘lmasa-da, harholda chiroyli edi. Аввалига унинг чехрасини шунчаки бекорчиликдан кузатдим. Keyin «U haqiqatan ham go‘zal ekan», dedim o‘zimga-o‘zim. Yana biroz turib esa undan ko‘z uzolmay qolganimni jahl bilan tan oldim.
У джуда йош еди. Qiz bola bo‘lsa kerak, degan qarorga kelardim-u, ammo o‘zini tutishidagi qizlarga xos bo‘lmagan jiddiylik va barkamollik bunga yo‘l qo‘ymasdi. Qimmatbaho pushtirang matodan tikilgan kashtali ko‘ylagi sarv qomatiga chippa yopishib turardi. Ametis ko‘zli uzuk bezagan bir qo‘lida jurnal tutgan, ikkinchi qo‘li esa oppoq sumkaning bambuk bandidan ushlab olgandi.
«Бадавлат екан, — дедим о‘зимга-о‘зим. — Kekkayishi bejizmas! Buning ustiga o‘zini hurliqo, odamlarni esa faqat unga tikilish bilan mashg‘ul, deb o‘ylaydi».
Men aslida sergap emasman. Lekin kamgap odam ham ichida ko‘p gapiradi.
Ayolning o‘qiyotgani kinoroman bo‘lgani uchun unga nisbatan g‘ashligim tag‘in oshdi.
Нихоят, у мутолаани тугатди. Джурнални йопиб сумасига тикди-да, нигохини ко‘тарди. Uning chag‘ir ko‘zlari mehribon va jiddiy boqardi. O‘ngu so‘lga o‘q otib, «xo‘sh, qalayman, yoqimtoyginamanmi?» дейдиган ко‘злардан емасди. Ayolning dengiz shu’lasidan biroz qisilgan nigohi mening yuzimdan befarq sirg‘alib o‘tdi-da, kemaning ortida qolayotgan ko‘pikli «egat»da to‘xtadi.
— Havo yaxshi-a? — deb yubordim o‘zim ham kutmagan holda. Айол джавоб бермади.
— Lekin issiqrog‘-a, nima deysiz?
Bu safar ayol bamaylixotirlik bilan menga orqasini o‘girdi.
— Ba’zi bir odamlar bilan suhbat qurish juda qiyin bo‘ladi, — dedi yonimdagi chol qulog‘im ostida po‘ng‘illab. — Ular o‘zlarini oddiy bandalardan ko‘p yuqori qo‘yishadi.
Cholning kichkina va namchil ko‘zlari menga xayrixoh boqardi. Biz u bilan ob-havo xususida gaplashib ketdik.
Актуализирано на
24.11.2025 г.