Jamiyatda ayollar va erkaklarning teng huquqliligini ta’minlash, ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida “Gender-madad” (gendermadad.uz) elektron huquqiy maslahatchi loyihasi tashkil etilgan.
Mazkur loyiha yordamida quyidagi imkoniyatlardan foydalanish mumkin:
– huquqiy maslahatlar; – gender tengligi bo‘yicha yangiliklar; – imtiyozlar; – bepul onlayn maslahatchi tizimidan foydalanish; – ijtimoiy so‘rovnomalar; – ko‘p beriladigan savollar bilan tanishish.