Mening Nomalum Sohibjamolim

Contém anúncios
5 mil+
downloads
Classificação do conteúdo
Todos
Imagem da captura de tela
Imagem da captura de tela
Imagem da captura de tela
Imagem da captura de tela
Imagem da captura de tela
Imagem da captura de tela
Imagem da captura de tela
Imagem da captura de tela

Sobre este app

Bolgar yozuvchisi va shoiri Bogomil Raynovning “Mening noma’lum sohibjamolim” asari muhabbat haqida hikoya qiladi. Muallif bu asarida g'arb jamiyatining muhabbat haqidagi qarashlari, intilishlari, kamchiliklarini ochib bergan.
Muhabbat va yana muhabbat hikoya qiluvchi bu kitob, o'ylaymizki, sizga manzur bo'ladi.

Kemachamiz San-Jorjo orolini aylanib o'tgach, uning motori jadallashib, yengil va bir maromda ishlay boshladi. Ko'z oldimizda para Lidogacha yastangan moviy-yashil ko'rfaz ko'rindi. Ufqdan oshib o'tishga ulgurgan bir necha motorli qayiqlarning qoldirgan ko'pikli izlari suv sahnida to'lqinlanardi.
Shamol kuchayib, sal salqinlashdi. Kayutaning sojasiga o'tganimdan ruhim tetiklandi. Afsuski, rejamdagi ikki ibodatxona va bitta qasrni inkor qilgandim. Aks holda kayfim juda chog'bo'lardi.
«Kuyunma, - dedim o'zimga-o'zim. — Bu yog'ini sal tig'izlasang bariga ulgurasan. Horib-charchaganda tomosha qilishdan nima foyda bor? Baribir miyangga hech narsa kirmaydi».
Shu xayolda dengizdan shahar tomonga keskin burilgandim, yonimdagi ayolga tegib ketdim. Ayol o'qishga juda berilib ketgan shekilli, kechirim so'raganimda qarab ham qo'ymadi.
«Voy-bo', buning kekkayishini-chi!» — dedim ichimda, unga ko’z qirimni tashlab. Ayol kekkayarmidi yo'qmi, noma'lum, lekin atrofdagi hech narsaga e'tibor bermay mutolaa qilardi. Uning yuzi mahalliy ayollarnikidek yarq etib ko'zni oluvchi toifadan bo'lmasa-da, harholda chiroyli edi. Avvaliga uning chehrasini shunchaki bekorchilikdan kuzatdim. Digite «U haqiqatan ham go'zal ekan», dedim o'zimga-o'zim. Yana biroz turib esa undan ko'z uzolmay qolganimni jahl bilan tan oldim.
U juda yosh edi. Qiz bola bo'lsa kerak, degan qarorga kelardim-u, munição o'zini tutishidagi qizlarga xos bo'lmagan jiddiylik va barkamollik bunga yo'l qo'ymasdi. Qimmatbaho pushtirang matodan tikilgan kashtali ko'ylagi sarv qomatiga chippa yopishib turardi. Ametis ko'zli uzuk bezagan bir qo'lida jurnal tutgan, ikkinchi qo'li esa oppoq sumkaning bambuk bandidan ushlab olgandi.
«Badavlat ekan, — dedim o'zimga-o'zim. — Kekkayishi bejizmas! Buning ustiga o'zini hurliqo, odamlarni esa faqat unga tikilish bilan mashg'ul, deb o'ylaydi».
Homens aslida sergap emasman. Lekin kamgap odam ham ichida ko’p gapiradi.
Ayolning o'qiyotgani kinoroman bo'lgani uchun unga nisbatan g'ashligim tag'in oshdi.
Nihoyat, você mutolaani tugatdi. Jurnalni yopib sumkasiga tiqdi-da, nigohini ko'tardi. Uning chag'ir ko'zlari mehribon va jiddiy boqardi. O'ngu so'lga o'q otib, «xo'sh, qalayman, yoqimtoyginamanmi?» deydigan ko'zlardan emasdi. Ayolning dengiz shu'lasidan biroz qisilgan nigohi mening yuzimdan befarq sirg'alib o'tdi-da, kemaning ortida qolayotgan ko'pikli «egat»da to'xtadi.
— Havo yaxshi-a? — deb yubordim o'zim ham kutmagan holda. Ayol Javob Bermadi.
— Lekin issiqrog'-a, nima deysiz?
Bu safar ayol bamaylixotirlik bilan menga orqasini o'girdi.
— Ba’zi bir odamlar bilan suhbat qurish juda qiyin bo‘ladi, — dedi yonimdagi chol qulog’im ostida po‘ng’illab. — Ular o'zlarini oddiy bandalardan ko'p yuqori qo'yishadi.
Cholning kichkina va namchil ko'zlari menga xayrixoh boqardi. Biz u bilan ob-havo xususida gaplashib ketdik.
Atualizado em
24 de nov. de 2025

Segurança dos dados

Sua segurança começa quando você entende como os desenvolvedores coletam e compartilham seus dados. As práticas de segurança e privacidade de dados podem variar de acordo com o uso, a região e a idade. O desenvolvedor forneceu as informações a seguir, que podem ser atualizadas ao longo do tempo.
Os dados não são compartilhados com terceiros
Saiba mais sobre como os desenvolvedores declaram o compartilhamento
Nenhum dado foi coletado
Saiba mais sobre como os desenvolvedores declaram a coleta

O que há de novo

Use the app in 2 languages

Adjust the text to any size you like
Enable dark mode
Change the text color
Change the background color of the text
Change the text style (font)
And many other features available