Ahad Qayum she'rlari

Contains Ads

Ahad Qayum... Bu ismni eshitganimizda koʻz oldimizda serqirra ijodkor, bugungi kun yoshlari orasida tez-tez tilga olinadigan shoirlik, aktyorlik, prodyusserlik, dizaynerlik va ijodning yana koʻplab yoʻnalishlarida oʻzini sinab koʻrayotgan shijoatkor inson gavdalanadi.

Ahad Qayum 1987-yil 15-iyunda Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi Denov qishlogʻida tugʻilgan.

Yoshligidan matematik boʻlishni orzu qilgan Ahad, kutilmaganda soʻz sehrining maftuniga aylanadi. "Garchi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) matematika hamda fizika yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan boʻlsamda, ijod olamidagi ilk odimimni aktyorlik orzusida boshlaganman“ deydi ijodkor. Ammo kino sinovlardagi ketma-ket omadsizlik uning qalbida umidsizlik uygʻota boshladi va u qoʻliga qalam tutib, oʻzini ijodning boshqa bir yoʻnalishi - sheʼriyatda sinab koʻrishga qaror qildi. ”Mening taqdirim, omadim, haqiqiy baxtim sheʼrga bogʻlanganidan benihoya xursandman" deydi u.

Uning sheʼrlari shu darajada tez mashhur boʻlib ketdiki, bunga koʻpchilik shubha koʻzi bilan qaray boshladi. Har bir sheʼri taqdirining unga tayyorlab qoʻygan imtixonida toblanib oʻquvchilari tomon yoʻl oldi. Faqatgina ota-onam, ustozlarimning duolari va ishonchi, shuningdek muxlislarimning mehru-muhabbati meni ijod maydonida saqlab qoldi" deydi shoir.

Ahad Qayumning qisqa vaqt mobaynida bir qator kitoblari nashr etilganligi esa uning yaqinlari uchun kutilganidanda ziyoda quvonch olib keldi. Kitoblarida ezgulik, doʻstlik, Vatanga, ota-onaga boʻlgan cheksiz ehtirom, yorga muhabbatni yozadi. “Yana sogʻindim, yana”, “Sinishimni sogʻindi kimlar”, “Yigʻlama, oʻzimning farishtaginam”, “Begim demang begoyim”, “Soʻnggi qoʻngʻiroq”, “Yolgʻizman”, “Otamga oʻxsha oʻgʻlim”, “Vaqt yoxud Koʻngil kaliti”, “Meni yigʻlatma, hayot”, Äldangan qiz“, ”Sevgidan kechmaydilar“, ”Qizmi bu, kiyikmi bu?!“, ”Ismsiz dardlarim“, ”Oʻn sakkizda edim oʻshanda“, ”Ikki dushmani bor erkak kishini“, ”Jiyda gulim“, ”Yolgìz ayol“, ”Ey inson, koʻzingni och“, ”Oqibatli boʻling, odamlar“, ”Yulduzim mening“, ”Onalar madhi“, ”Ayriliq kitobin tuzgan maktublar“, ”Ey doʻst“, ”Qofiyaga sigʻmagan qaydlar“, ”Chiroyligim“, ”Xayr, bevafo“, ”Meni kechir, xato qildim meni kechir" kabi kitoblari oʻquvchilar eʼtiboriga havola etildi.

Biroq, aktyorlik, modelyerlik va boshlovchilikka boʻlgan havas uni bir lahzaga ham tinch qoʻymadi. U oʻz ustida tinmay ishlardi, harakat, gʻayrat, mehnat va muhabbat uning yoʻlchi yulduziga aylandi. U birin-ketin bir nechta film va kliplarda rollar ijro etdi. “Men baribir qachondir eng yaxshi rollarimni yaratishimga ishonaman. Rejissorlar nazariga tushish uchun 15 yil harakat qildim va hech qachon ortga qaytishni istamayman” deydi Ahad Qayum.

Ahad Qayum sheʼrlari Ozodbek Nazarbekov, Botir Qodirov, Ulugʻbek Raxmatullayev, Gulsanam Mamazoitova, Shohjahon Joʻrayev, Sardor Mamadaliyev va boshqa mashxur sanʼatkorlar tomonidan kuylangan goʻzal qoʻshiqlarga aylanib koʻpchilikning qalbidan joy olgan.

Tags: Ahad qayum sherlari, ahad qayum rasmlari, ahad qayum sherlari to`plami, ahad qayum to`yi, ahad qayum haqida. ahad qayum star, ota ona haqida sherlar, sevgi sherlari, ahad qayum 2018, ahad qayum hafa bo`lish yo`q, ahad qayum sherlari skachat, ahad qayum foto, ahad qayum mp3, ahad qayum wikipediya.
Read more
Collapse
4.5
1,318 total
5
4
3
2
1
Loading...

What's New

Ilova butunlay yangilandi, Yangi dizayn, yangi she'rlar qo'shildi
Read more
Collapse

Additional Information

Updated
January 28, 2018
Size
3.8M
Installs
100,000+
Current Version
4.0
Requires Android
4.0 and up
Content Rating
Everyone
Permissions
Offered By
WEBSPEKTR Key
©2019 GoogleSite Terms of ServicePrivacyDevelopersArtistsAbout Google|Location: United StatesLanguage: English (United States)
By purchasing this item, you are transacting with Google Payments and agreeing to the Google Payments Terms of Service and Privacy Notice.