Reproduktolog.uz

Content rating
Everyone
50+
Downloads
Content rating
Everyone
Learn more
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image

About this app

REPRODUKTOLOG.UZ — HOMILADORLIKNING HAR HAFTASIDA ISHONCHLI HAMROH

Bu hafta mittivoyingiz qanday rivojlanyapti? Sizning tanangizda qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkin?

Reproduktolog.uz bilan homila rivojlanishini haftama-hafta kuzatib boring va o'zingizni qiziqtirgan savollarga malakali reproduktolog-ginekolog Nilufar Kabilova tayyorlagan maqola hamda videolardan javob toping.

ILOVADA SIZ UCHUN:

• Homiladorlik taqvimi — bolajoningiz rivojlanishi va ona organizmidagi o'zgarishlar haqida haftalik batafsil ma'lumotlar.

• Foydali maqola va videolar — homiladorlikda ovqatlanish, tanadagi o'zgarishlar, zarur tekshiruvlar, salomatlik va kundalik hayotga oid mutaxassis tavsiyalari.

• Qulay kalkulyatorlar — homiladorlik muddati, taxminiy tug'ruq sanasi va ovulyatsiya kunlarini hisoblash imkoniyati.

• Homiladorlikka tayyorgarlik — reproduktiv salomatlik, turmush tarzi va kerakli tekshiruvlar haqida muhim ma'lumotlar.

• Birlamchi va ikkilamchi bepushtlik masalalari — ayollar va erkaklardagi bepushtlik sabablari, homila tushishi, takroriy homila yo'qotishlari va keyingi homiladorlikka tayyorgarlik haqida to'g'ri tavsiyalar.

• Zamonaviy tibbiy davolash usullari — EKU, IKSI, TESA, inseminatsiya, ovulyatsiya induksiyasi, gisteroskopiya va laparoskopiya haqida batafsil va tushunarli ma'lumotlar.

NEGA AYNAN REPRODUKTOLOG.UZ?

✓ Kontent malakali reproduktolog-ginekolog tomonidan tayyorlangan.

✓ Murakkab tibbiy mavzular sodda va ravon o'zbek tilida tushuntirilgan.

✓ Materiallar o'zbek ayollarining ehtiyojlariga hamda qadriyatlarimizga mos o'zbekona uslubda yozilgan.

✓ Ilovada bezovta qiluvchi va to'satdan ochiladigan reklamalar yo'q.

✓ Ilovada farzandli bo'lish yo'lidagi muhim savollar, to'siqlar, muammolar va tavsiyalar ham batafsil yoritilgan.

Reproduktolog.uz — shunchaki homiladorlik taqvimi emas. U mittivoyingiz rivojini anglash, o'z salomatligingizga e'tiborli bo'lish va onalik sari yo'lda ishonchli bilim olish uchun yaratilgan o'zbekcha va o'zbekona ilova.

Reproduktolog.uz — mittivoyingiz rivojini anglash, o'zingizni asrash uchun!

Muhim eslatma: ilovadagi ma'lumotlar tibbiy-ma'rifiy maqsadda taqdim etiladi va shifokor ko'rigi, tashxis yoki shaxsiy davolash rejasining o'rnini bosmaydi. Kalkulyator natijalari taxminiy hisoblanadi.
Homiladorlik taqvimi, kalkulyatorlar va reproduktolog maslahatlari — o'zbekcha
Updated on
Sep 11, 2026
Featured stories

Data safety

Safety starts with understanding how developers collect and share your data. Data privacy and security practices may vary based on your use, region, and age. The developer provided this information and may update it over time.
  • No data shared with third parties
    Learn more about how developers declare sharing
  • This app may collect these data types
    Personal info
  • Data is encrypted in transit
  • You can request that data be deleted

What’s new

Reproduktolog.uz ilovasining ilk versiyasi: homiladorlik taqvimi, foydali maqola va videolar, qulay kalkulyatorlar hamda reproduktiv salomatlik bo'yicha ishonchli ma'lumotlar.
Content rating
Everyone
Learn more

App support

About the developer
BOBURJON GULOMOV
farmusic@inbox.ru
Uzbekistan