MyGov: Davlat xizmatlari

4,8
493 ming ta sharh
Hukumat
5 mln+
Yuklanmalar
Yoshga oid cheklov
Hamma uchun
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot

Bu ilova haqida

Davlat xizmatlarining raqamli formati — tez, qulay va chegirmalar bilan.

MyGov mobil ilovasi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining rasmiy mobil ilovasidan istalgan vaqtda, masofadan turib, navbatlarsiz foydalaning.

Oila, ta’lim, ijtimoiy himoya, sport va transport kabi 20 dan ortiq sohalar, 370 dan ortiq xizmatlar va pullik xizmatlarga 10%lik chegirma.

Ro‘yxatdan o‘tish, FaceID orqali identifikatsiya, davlat xizmatlaridan foydalanish yoki ariza yuborish hamda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari endi bir ilovada. Qulay va tushunarli interfeys va yanada ko‘proq imkoniyatlardan ilova orqali foydalaning. MyScanni sinab ko‘ring, MyScan orqali akkauntingizga login va parolni ishlatmagan holda darhol kirishingiz, xizmatlardan olingan hujjatlarni haqiqiyligini tekshirishingiz hamda yuklab olishingiz hamda xizmatlar uchun tezkor to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun ilovani o‘rnating va o‘rtadagi skanerlash belgisini bosing va tegishli QR-kodni skanerlang.

MyGov ilovasida foydalanuvchilar tomonidan ko‘p beriladigan savollarga javoblarni ko‘rishingiz hamda ma’lum xizmatlardan foydalanishda videoqo‘llanmalar bilan tanishishingiz mumkin. Har bir xizmat pasportida xizmat bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni topasiz. Videoqo‘llanma, xizmat tavsifi, xizmat narxi va muddati kabi ma’lumotlar shular jumlasidan.

Ilova orqali profilingizga kiring, arizalarni boshqaring, xizmatlar uchun sharhlar qoldiring. Sizga tegishli hujjatlar, ko‘chmas mulk va avtotransport ma’lumotlari bilan tanishing, kommunal balanslarni nazorat qiling.

Nikoh holati, kredit tarixi, ta’lim krediti, avtomobil boshqaruvi uchun ishonchnoma, 50 dan ortiq turli xil ma’lumotnomalar uchun ovora bo‘lib yurish shart emas. Davlat xizmatlari uchun tashkilotlarga yozma ariza to‘ldirish o‘rniga uyingizdan turib 5 daqiqa ichida elektron ariza yuboring va belgilangan muddatda natijani oling.

To‘lovlar bo‘limiga o‘ting va 1000 ga yaqin kundalik hayotda kerakli sohalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiring. Davlat xizmatlari uchun ham to‘lovlarni ilovadan chiqmagan holda to‘lash imkoniyatiga egasiz.

MyGov mobil ilovasini o‘rnating raqamli hukumat yangiliklari bilan tanishing, vidjetlarni boshqaring va bildirishnomalar orqali muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘ling.

Bizning missiyamiz – raqamlashtirish orqali odamlarning hayotini osonlashtirish va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini taqdim etish.
Oxirgi yangilanish
13-apr, 2026

Maʼlumotlar xavfsizligi

Xavfsizlik — dastur ishlab chiquvchilar maʼlumotlaringizni qanday jamlashi va ulashishini tushunishdan boshlanadi. Maʼlumotlar maxfiyligi va xavfsizlik amaliyotlari ilovadan foydalanish, hudud va yoshga qarab farq qilishi mumkin. Bu axborot dastur ishlab chiquvchi tomonidan taqdim etilgan va keyinchalik yangilanishi mumkin.
Tashqi hamkorlarga hech qanday axborot ulashilmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot ulashilishini qanday aytishi haqida batafsil
Hech qanday maʼlumot jamlanmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot jamlanishini qanday aytishi haqida batafsil

Reytinglar va sharhlar

4,8
491 ming ta sharh
Islombek Karimov
18-aprel, 2026
Apelatsiyaga doim rad javobi beriladi, ammo izoh yoʻq. Bu shafoflik yoʻqligiga va BMBA ga nidbatan ishonsizlik ortishiga sabab boʻlmoqda.
1 kishi bu sharhni foydali deb topgan
Buni foydasi tegdimi?
Iroda Safarboye
14-aprel, 2026
Yangilanishlari asabga tegdi, har doim yangilash kerak boʻmasa tuzuk ishlamiydi.Koʻp soʻrovlar pullik qilib tashlangan, sud xoʻr boʻlib ketganmiszlar?
1 kishi bu sharhni foydali deb topgan
Buni foydasi tegdimi?
Mustofo Mustofo
16-aprel, 2026
ijtimoiy himoyadan oʻtolmadim parranda chorva moshina umuman yuq borini yozing degan yozmadim yoʻqligi uchun keyingisi deganni bosdim oʻtmadi
1 kishi bu sharhni foydali deb topgan
Buni foydasi tegdimi?
UZINFOCOM
16-aprel, 2026
Assalomu alaykum Hurmatli foydalanuvchi! Baho berganingiz uchun minnatdormiz! Xizmatlardan foydalanayotganingizda muammolarga duch kelsаngiz biz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin Aloqa-markaz: 1242 , yoki muammo bo'yicha batafsil ma'lumot berib Telegram-bot: @MyGovRasmiyBot yozib yuboring.

Ilova yuzasidan yordam

Dasturchi haqida
DAVLAT AXBOROT TIZIMLARINI YARATISH VA QO LLAB QUVATLASH BO YICHA YAGONA INTEGRATOR-UZINFOCOM, MASU
info@uzinfocom.uz
28B A.Navoiy str. 100011, Tashkent Uzbekistan
+998 99 840 56 66

UZINFOCOM – boshqa ilovalar