100 Jumboqli Hikoya

Bevat advertensies
10 k+
Aflaaie
Inhoudgradering
Almal
Skermkiekieprent
Skermkiekieprent
Skermkiekieprent
Skermkiekieprent
Skermkiekieprent
Skermkiekieprent
Skermkiekieprent

Meer oor hierdie program

Mazkur kitob yuzta hikoyadan iborat. Hikoyalar asosan, rivoyatlar, tarixiy haqiqatlar, qiziqarli faktlar asosida yozilgan. Va har bir hikoyada bir sir yashiringan. Hikoya soʼngida keltirilgan savolga toʼgʼri javob topish hammaning ham qoʼlidan kelavermaydi. Urinib koʼring-chi, nechta hikoyadagi jumboqni kitob oxiridagi javoblarga qaramasdan topar ekansiz?

Birinchi hikoya —
UCh EShIK

Bir sayyoh taqdir taqozosi bilan Sharq mamlakat-
laridan biriga sayohat qilish uchun boradi. Ancha betaal
mamlakatni sayr qiladi. Ittifoqo, uni mirshablar gu-
mondor shaxs sifatida qoʻlga olishadi. Haligi sê johning
vatani va ushbu mamlakat oʻrtasida anchadan beri munosa-
bat doʻstona emasligidan bu yurtga kelgan narigi mamla-
kat fuqarolari qattiq tekshiruv ostiga olinardi.

Sayyohni josuslikda gumon qilib, garchi tayinli bir
dalil boʻlmasa-da, uni hibsga olishadi. Sayyoh bir necha
OY hibsda qolib ketadi. U bilan mirshablarning ham
ishi boʻlmaydi.

Mamlakat sultonining gʻalati odatlari bor edi. U
mahbuslar bilan koʻngil yozishni xush koʻrar, ashaddiy
jinoyatchilarni turli usullarda qiynab oʻldirishlari-
ni tomosha qilar, ular ishtirokida turli ermaklarni
oʻylab topardi.

Vaqti-vaqti bilan sultonga yangi mahbuslar haqi-
da maʼlumotlar kiritilib turar, u oʻz oʻljasini ushbu
roʻyxatdan tanlab olardi. Kunlarning birida u josus
sifatida ayblangan sayyoh haqidagi maʼlumotlarni
oʻqib, u bilan qiziqib qoladi. Uning aybi aniqlanmaga-
ni bois, uni ozod etib ham, jazolab ham boʻlmasdi. Sul-
ton uning aqlu zakovatini.sinab koʻrmoqchi boʻladi. Agar.
chindan aqlli boʻlsa, bemalol oʻz uyiga, silasi bagʻriga
ketaveradi.

Sulton bu gal ham oʻzicha ajoyib bir tomosha oʻylab
topdi. Uning amri bilan uchta eshigi bor bitta katta
xona qurildi. Har bir eshik yana bittadan xonaga ochi-
lar, keyingi xonalarning eshiklaridan esa bemalol koʻ-
chaga chiqib ketilardi.

Gumondor sayyohni asosiy xonaga olib kirishdi. Sul-
tonning mulozimi oʻyin shartini unga tushuntirdi.

– Muhtaram sayyoh, sizning aybingiz bor yoki yoʻqli-
gidan qatʼi nazar, uyingizga eson-omon yetib olish im-
koniyati tugʻildi.

— Xoʻsh, men nima qilishim kerak? – mahbusning koʻz-
larida umid porladi.

– Mana, qarshingizda uchta eshik turibdi, – dedi mu-
lozim unga eshiklarni koʻrsatib. – Ularning har biri
bitta alohida xonaga, undan keyin esa koʻchaga olib
chiqadi. Mans chiqib ketganimdan soʻng, xonalarning bi-
riga sultonimizning uchta vahshiy sherlari olib keli-
nadi. Ikkinchi xonaga esa sultonimizning maxsus hovu-
zida boqilayotgan uchta timsoh keltiriladi. Aytib qoʻyay,
timsohlar ham, sherlar ham uch kundan beri hech narsa
yeyishmagan. Uchinchi xonadan oʻtishni ham sizga tavsiya
etmagan boʻlardim. Chunki bu xonaning shift qismida
ulkan va qudratli lupa oʻrnatilgan. U quyosh nurini bir
necha ming marta yaqinlashtirib beradi va bu xonani ke-
sib oʻtaman deguningizcha, kulga aylanasiz. Xullas, groot-
ga ertagacha muhlat beriladi. Sher yoki timsohlarga yem
boʻlmasdan, quyosh taftida kuymasdan, oʻzingiz tanlagan
eshikdan chiqib keta olsangiz, marra sizniki. Shunda
siz sultonimizning buyuk marhamatlariga noil boʻlasiz.
Yoʻl xarajatlaringiz sultonimiz xazinasidan qoplana-
di va albatta uyingizga quruq qoʻl bilan bormaysiz.

Mulozim unga ayyorona koʻz qisib, xonani tark etdi. Zum
oʻtmay, xonalarga sherlar va timsohlarni joylashtirish-
di. Sayyoh esa oʻylay-oʻylay shunday bir chorani topdiki,
natijada ziyon-zahmatsiz koʻchaga chiqib oldi. Vaʼda qi-
lingandek, sovgʻa-salomlar bilan oʻz vataniga kuzatildi.

Savol: Sayyoh qanday qilib oʻlimdan qutulib qoldi?
Opgedateer op
11 Feb. 2024

Dataveiligheid

Veiligheid begin wanneer jy verstaan hoe ontwikkelaars jou data insamel en deel. Praktyke vir dataprivaatheid en -sekuriteit kan verskil op grond van gebruik, streek en ouderdom. Die ontwikkelaar het hierdie inligting verskaf en kan dit mettertyd opdateer.
Geen data word met derde partye gedeel nie
Kom meer te wete oor hoe ontwikkelaars datadeling verklaar
Geen data ingesamel nie
Kom meer te wete oor hoe ontwikkelaars insameling verklaar

Wat's nuut

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.