Muallif: Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK (MUNABBIHOT)
Tarjimonlar:
ABDULHAY ABDULHAFIZ o’g’li
AHMAD MUHAMMAD
Payg’ambar alayhissalomdan keltirilishicha, ikki xislat borki, undan afzalroq narsa yo’q:
1. Allohga iymon keltirish;
2. Musulmon birodarlariga yordam ko’rsatish.
Va ikki xislat borki, undan yomonroq narsa yoʼq:
1. Allohga shirk keltirmoq;
2. Musulmon birodarlariga ziyon yetkazmoq.
* * *
Payg’ambar alayhissalom aytdilar: "Sizlar o’zingizga:
1. Suhbatida ulamolar o’ltirmoqni;
2. Hukamolarning suhbatini tinglamoqni lozim ko’ring. Chunki yomg’ir suvi o’lik yerni
tiriltirganiday, Alloh taolo hikmat nuri bilan o’lik qalblarga jon baxsh etadi. "
* * *
Abu Bakr Siddiq roziyalllohu anhu aytadilarki: "Qabrga tayyorgarliksiz kirgan odam
kemasiz dengizga tushgan kishiga o´xshaydi. "
* * *
Umar roziyallohu anhu shunday debdilar:
"1. Dunyoning azizligi mol bilan;
2. Oxiratning azizligi solih amallar bilan. "
* * *
Usmon roziyallohu anhu aytadilarki:
"1. Dunyoning gʼami - qalbdagi zulmatdir;
2. Oxiratning gʼami - qalbdagi nurdir. "
Data d'actualització:
14 de gen. 2023
Llibres i obres de consulta