Muqaddas Kitob

10 k+
Téléchargements
Classification du contenu
Tout public
Capture d'écran
Capture d'écran
Capture d'écran
Capture d'écran
Capture d'écran
Capture d'écran
Capture d'écran
Capture d'écran

À propos de l'application

Mazkur ilova o’zbek tilidagi Muqaddas Kitobning, ya’ni Bibliyaning lotin yozuvidagi variantidir. Ilovaning kirill varianti, shuningdek iOS uchun lotin va kirill variantlari ham mavjud.
 
Ilovaning kirill varianti:
https://play.google.com/store/apps/details?id=org.ibt.uzbek.muqaddas.kitob.kirill.sab&hl=ru
Ilovaning ingliz tilidagi tafsiloti:
https://play.google.com/store/apps/details?id=org.ibt.uzbek.muqaddas.kitob.kirill.sab&hl=en
Muqaddas Kitobning boshqa elektron formatlari:
http://www.ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
 
Muqaddas Kitob aslida ibroniy, oramiy va yunon tillarida yozilgan va o’zbek tiliga o’sha tillardan tarjima qilingan. Mazkur tarjimaga har bir kitobga kirish, sarlavhalar, izohlar, lug'at, rasmlar, jadvallar va xaritalar ilova qilingan. Muqaddas Kitobning tarjima jarayoni, uni chuqur o'rganish uchun berilgan ushbu manbalarda, uun yana boshqa ma'lumotlar bilan tanishishni istasangiz, mazkur ilovaga kiritilgan So'zboshi va Muqaddas Kitobga kirish qismlariga murojaat eting.
 
Quyidagi ma’lumot 2016 yilda nashr qilingan Muqaddas Kitob ning So’zboshi dan olingan:
 
Mazkur Kitob ikki ming yildan oshiq davr mobaynida muqaddas deb e’tirof etilgan bitiklarning o’zbek tiliga qilingan birinchi to’liq tarjimasidir. Muqaddas Kitob Eski va Yangi Ahd bitiklaridan iborat. Bular tarkibida o’zbek kitobxonlariga yaxshi tanish bo’lgan Tavrot, Zabur, Injil, shuningdek Payg ‘ambarlar bitiklari bor.
 
1992 yili Yangi Ahd kitoblari o’zbek tilida Injil nomi ostida ilk bor to’liq holda chop etilgan edi. Injil kitobining ilk tarjima matni chop etilgandan keyin jambon jiddiy tahrir qilindi va mazkur nashrga kiritildi. Ushbu tarjima ustida mutaxassislar yigirma yildan ko’proq mehnat qildilar. Nihoyat, Muqaddas Kitob à'liq holda O'zbekiston Respublikasining davlat tilida chop etildi.
 
Muqaddas Kitobda bayon qilingan aksariyat voqealar g’arbiy Osiyoda bo ‘lib o ’tgan bo ‘lsa – da, undagi bebaho hikmatlar dunyo bo ‘ylab yoyilib, ko’plab xalqlar madaniyatini yanada boyitdi. Insoniyat tarixida Muqaddas Kitobdan ko'ra ko'p tarjima qilingan kitob yo'q. Muqaddas Kitob jahon madaniyatining klassik merosi hisoblanadi.
 
Butun jahonda adabiyotning yuksak namunasi sifatida qadrlanadigan mazkur Kitob Xudoning insoniyat bilan bo’lgan munosabati tarixi haqida so’z yuritadi. Shu bois Kitob asrlar davomida odamlarga Yaratuvchi bilan hamda bir – birlari bilan yarashish yo'lini ko'rsatib kelmoqda.
 
Tarjimonlar guruhi mazkur Kitobga jiddiy ilmiy ish sifatida yondashganlar. Ular Kitob tarjimasi yuzasidan chuqur tadqiqotlar olib borib, o’z oldilariga qo’yilgan vazifalarni nihoyatda diqqat – e’tibor bilan bajarganlar. Buni nafaqat matnning o’zidan, balki kitobxonning bilimini oshirish uchun kitobga ilova qilingan qo’shimcha ma’lumotlardan ham ko’rishingiz mumkin. Shu bilan birga, tarjima uslubiga ham katta e’tibor berilgan, matn zamonaviy kitobxonlarimizga tushunarli bo’lishi uchun tabiiy va sodda tilda tarjima qilingan.
 
Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, Xudo har bir odamni O’ziga chorlaydi, Xushxabarning mag’zi jambon asosan ana shundan iborat. Iso Masih yer yuziga kelib, xochdagi o’limi va o’likdan tirilishi orqali bizga Xudo bilan yarashish imkonini berdi. Xudoning mangu sevgisi Iso orqali osmondan zaminga tushib keldi. Iso Xudoning fe’l-atvorini insoniy madaniyat va til orqali bizga namoyon qildi. Évitant uchun biz Xudoning qanday fe’l-atvorga ega ekanini bila olamiz. Umid qilamizki, Muqaddas Kitobning mazkur tarjimasi ko’plab kitobxonlarimizni Xushxabar orqali Xudo bilan yarashtiradi.
 
Muqaddas Kitob
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020
ibt_inform@ibt.org.ru
Date de mise à jour
28 févr. 2024

Sécurité des données

La sécurité, c'est d'abord comprendre comment les développeurs collectent et partagent vos données. Les pratiques concernant leur confidentialité et leur protection peuvent varier selon votre utilisation, votre région et votre âge. Le développeur a fourni ces informations et peut les modifier ultérieurement.
Aucune donnée partagée avec des tiers
En savoir plus sur la manière dont les développeurs déclarent le partage
Aucune donnée collectée
En savoir plus sur la manière dont les développeurs déclarent la collecte

Nouveautés

Eski Ahdning oʻn ikkita kitobiga matnni yoritib borish funksiyasi qoʻshilgan (ushbu funksiya “Faqat ovoz” audio versiyasi uchun qoʻllanilgan).
Matnning yoritib borilishi bilan bogʻliq muammo bartaraf qilindi.