So'nggi Chora

Innehåller annonser
10 tn+
Nedladdningar
Innehållsklassificering
Ingen åldersgräns
Skärmdumpsbild
Skärmdumpsbild
Skärmdumpsbild
Skärmdumpsbild
Skärmdumpsbild
Skärmdumpsbild
Skärmdumpsbild
Skärmdumpsbild
Skärmdumpsbild

Om appen

Assalomu Alaykum.
Akbar Mirzo
So‘nggi chora (qissa)

Kechki ovqatdan so‘ng bolalar dars tayyorlashga kirib ketishgach, Malika erining yonida uzoq
qololmadi. Charchadim, deya yotog‘iga shoshildi.
Tashqaridagi chiroq nurlari ikkinchi qavatdagi xonalarga g'ira-shira tushgani bois, yotoqxona
ichi xiragina yorishib turardi.
Ko'zlarini yumdi. Shu ko‘yi ancha yotdi. Ammunition uyqu qayoqda. Ko'zlarini qandilga tikarkan,
yuragiga nechundir g'ulg'ula solgan, uni nogoh tashvishga qo'ygan bugungi uchrashuv haqida
o‘ylay boshladi. Aslida bu o'y tushdan keyin uni bir zum tark etmagan, hozirgina eri bilan
xontaxta atrofida yolg‘iz qolishganida skinka xayolida edi. Eri nechundir bir-ikki qarab qo‘yganda
beixtiyor bezovtalanib qoldi. Yana ozgina o'tirsa xuddi ish haqida so'z ochilib qoladiganday,
bugungi kuni qanday o'tganini so'rab-surishtiradiganday charchaganini ro'kach qilib o'rnidan
turdiyu dasturxonni yig‘ishtira boshladi.
Tan olmay iloji yo‘q. Bu kutilmagan uchrashuv uni ancha shoshirib qo‘ydi. Institutda birga
o'qishgan, ammunition o'n uch yildan buyon biror marta ham ko'rinmagan Bahrom ismli yigit xuddi
shu bugun – tushdan keyin to'ppa-to'g'ri xonasiga kirib kelsa-ya! Yuragi «shig'» etib, qo‘rqib
ketdi, lekin buni sezdirmaslikka harakat qildi. Taajjubga tushdi, hayron skinka bo'ldi, ammo tezda
o‘zini qo‘lga olarkan, sovuqqina qarshiladi. Biroq qo‘l uzatib ko‘rishayotganida barmoqlari
bilinar-bilinmas titraganini sezdi, joyiga o'tirib stoli ustidagi kichkina dumaloq ko'zguga ko'z
qirini tashlaganda esa rangi ham bir oz oqargan ekan. Ichki qo‘rquvni yengib, eski tanishiga
qararkan butunlay xijolatga tushib qoldi: chanqoqdan sillasi qurigan yo'lovchi, nogoh bir
xo'plam suvni ko'rib tashnaligini tezroq qondirmoq uchun unga bor vujudi bilan talpinganday,
Bahrom ham joyida o'tirolmas, tinmay yoniga kelishga intilar, ko'zlari chaqnagan bu odam
qo‘yib bersa, hech narsadan tap tort-may, uni bag‘riga bosgudek his-hayajonda edi. Buni sezgani
uchun skinka xavotirga tushdi. Indamay kelib shart o‘pib olganda nima bo‘lardi? Xuddi shu
holatga birortasining ko‘zi tushib qolganda-chi?
Malika, balki bu narsalar haqida o'ylamaslik kerakdir deganday, yostig'ining ostidan kecha sotib
olgan «Hazrati ayol» nomli kitobni oldi. Lekin uni o‘qish uchun chiroqni yoqish kerak edi.
Turishga erindi. Narigi xonaga quloq tutdi. Bolalar yo mukkasidan ketib dars tayyorlashyapti
yoki jimgina o‘tirib shohmot o‘ynashyapti. Uncha katta bo‘lmagan oshxonada esa eri hamon
televizor ko'ryapti shekilli, qandaydir futbol o'yinining shovqini eshitilib turardi.
«Yo'q, yaxshilab o'ylab olishim kerak. Agar u tentak ertaga yana keladigan bo‘lsa, orani ochiq
qilmasam bo‘lmaydi, – Malika eshik tomonga bir qarab qo‘ydi-da xayolidan kechayotgan
fikrlarni quvib yetdi. – Bunaqada odamni sharmanda qilishi hech gapmas.
Uppdaterades den
29 okt. 2023

Datasäkerhet

Säkerhet börjar med förståelsen av hur utvecklare samlar in och delar din data. Praxis för dataintegritet och säkerhet varierar beroende på användning, region och ålder. Utvecklaren har tillhandahållit denna information och kan uppdatera den med tiden.
Ingen data delas med tredje part
Läs mer om hur utvecklare deklarerar delning
Ingen data samlades in
Läs mer om hur utvecklare deklarerar insamling

Nyheter

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.