Mohir Panda bolalar uchun moʻljallangan taʼlim-tarbiyaviy oʻyin!
O'rganish bu go'zal sarguzashtdir, unda har bir kashfiyot mo'jizalar olamida yashirin xazinani topishga o'xshaydi. O'yin ushbu sarguzashtda bolajonlarga yaqin do'st bo'ladi.
Biz taklif etadigan oʻyinlar:
▪️ 마테마티카: bolajon matematika bilan fanlar olamiga sayohat qilsin, o'ynab o'rgansin!
▪️ Kompyuter savodxonligi: hozirgi texnologiya asrida kompyuter bilimlaridan xabardor bo'lsin!
▪️Atrof-muhit: yuzdan ortiq dunyo ajoyibotlarini biz bilan tanisin!
▪️ Tillar: dunyo tillaridan ingliz, rus va arab tillarini o'rgansin!
O'yindagi panda personaji orqali farzandingiz ham o'ynab turli xil foydali bilimlarga ega bo'ladi.
Farzandingiz televizorga va telefondagi keraksiz oʻyinlarga bogʻlanib qolganmi? Vaqtini bekor oʻtkazyaptimi? Va siz bundan xavotirdamisiz? Unday bo'lsa Mohir Panda siz uchun 이상적인 tanlov. Bu oʻyin orqali farzandingiz vaqtini samarali oʻtkazishi bilan bir qatorda, barcha uchun zarur boʻlgan ko'paytirish jadvalini yod oladi, harflarni taniydi, boshlangʻich til koʻnikmalarini oshiradi va yuzdan ortiq dunyo ajoyibotlarini taniydi. Xullas, 3 va 10 yosh oraliqdagi bolalar uchun moʻljallangan ushbu o'yin, kichkintoyigizga unutilmas sayohatni va'da qiladi.
O'yinimiz davomida bolajonlarga ochiq elektr simlari hayot uchun xavf tug'dirishi, olovdan uzoqda boʻlish va albatta telefondan ortiqcha foydalanish koʻzlarimiz uchun zararli ekani koʻp marotaba uqtirilgan.
Hattoki Mohir Panda oʻyinini oʻzingiz ham farzandingizga qoʻshilib oʻynashingiz mumkin. Bu orqali tillar boʻyicha bilimingizni mustahkamlab, yangi soʻzlarni yod olsangiz boʻladi. Oʻyinni sotib olib farzandingizni nafaqat yangi bilimlar bilan taʼminlaysiz balki, loyihani moliyaviy tarafdan qoʻllab quvvatlagan va yanada foydali boʻlishida oʻz hissangizni qoʻshgan boʻlasiz.
Esingizda bo'lsin, bolalik - kashfiyot va o'rganishlar vaqti. Telefondan ortiqcha foydalanish esa ularni qimmatli daqiqalardan mahrum qilishi va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababdan bolajon o'ynashi mumkin bo'lgan bir kunlik o'yin vaqti chegaralangan.
Farzandlarimiz - bizning dunyodagi eng bebaho boyligimizdir. Shu sabab, telefondan foydalanish ular uchun xavfsiz bo'lishi kerak. Biz ularni uzoq vaqt davomida ekran bilan bo'lishlarini tavsiya etmaymiz va siz, aziz ota-onalar, iltimos, farzandingiz muntazam ravishda telefondan tanaffus qilishiga va ko'z mashqlarini takrorlashlariga alohida e'tibor bering!