Тарджымондан
Mazkur qissalarning muallifi mashhur yozuvchilardan emas. U haqda adabiyot tarixi oz ma’lumotga ega. Асары хам німа учундір кайта-кайта нашр этыльмаган. Holbuki, muhabbatning og‘ir sinovlari haqida hikoya qiluvchi bu qissa har qanday yosh yigit-qizning qalbini larzaga solishi aniq. Bu asarni men bundan o‘ttiz olti yil muqaddam o‘qigan edim. Kitobni harbiyda birga xizmat qilayotgan qofqazlik do‘stlarim sovg‘a qilishgan edi. Asarni tarjima qilish istagi o‘shandayoq tug‘ilgandi. Qoralama nushasini tayyorlab ham qo‘ygan edim. Ammo turli sabablar bilan ish oxiriga yetmagandi. Kaminaning muhabbat yoshi yillar suronida ortda qolib, xazonrezgi fasliga kelganda bu ikki asarni yana qo‘lga olishga nima sabab bo‘ldi? Ko‘p uchrashuvlarda adabiyot muxlislari sevgi haqida asarlar kamligidan nolib, shu mavzuda ham biron narsa yozishimni iltimos qilishadi. Ёшларнінг нолішыда джон бор. Chindan ham chin sevgi va sadoqat haqidagi asarlar kam. Хозір ёзілайотганларыда сайозлік маўджуд. Men esam bu mavzuda yozishni istasam-da, ko‘ngildagiday asar yaratishga ko‘zim yetmaydi. Shu bois yoshligimda o‘zimga qattiq ta’sir qilgan asar tarjimasini nihoyasiga yetkazishga jazm etdim. Zero, sevgi millat tanlamaydi. Sevgi fojiasi вяндліна шундай.
Ikki og‘iz so‘z muallif haqida: Уладзімір Ікскул 1860 yilda барон Якаў Ікскул oilasida tug‘ilgan. U damlarda Estoniya yerlari rus podshohligiga qaram edi. Уладзімір харбий bilim yurtida o‘qiydi. Rus armiyasida xizmat qiladi. 1906 yili Amerikaga safar qiladi. Kemada osetin chavandozlari bilan tanishib, do‘stlashadi. Ularning hikoyalarini tinglaydi. Сафардан qaytgach, yangi orttirgan do‘stlarining taklifiga ko‘ra, Qofqazga keladi. Shu yillari uning yozuvchilik faoliyati boshlanadi. Qofqaz xalqlari hayotidan ajoyib asarlar yaratadi. Uning asarlari nemis tilida yozilgan. Asosiy qo‘lyozmalari ham Germaniya kutubxonalarida saqlanadi. Shunga qaramay, u o‘sha davr adabiy muhitida «Qofqaz qo‘shiqchisi» degan nomga sazovor bo‘lgan. Asarni biz rus tilidagi kamyob nushasidan tarjima qildik. O’zbek o‘quvchilari tushunishi oson bo‘lsin uchun erkin uslubdan foydalandik. Qofqazliklar hayotidan hikoya qiluvchi bir qancha kitoblar o‘qilgani, qofqazlik do‘stlar suhbatlaridan bahramand bo‘linganligi bu ishda qo‘l keldi.
Тохір Малік