Shayx Muhammad Sodiq (Yusuf).

Утрымлівае аб’явы
50 тыс.+
Спампоўванні
Ацэнка змесціва
Для ўсіх
Здымак экрана
Здымак экрана
Здымак экрана

Пра гэту праграму

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haqida ma'lumot.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari 1952 yil 15 aprelda Andijon viloyatida tavallud topgan.

U Buxoro shahridagi "Mir Arab" madrasasida, so'ngra Toshkentdagi imom Buxoriy nomli Islom oliy ma'hadida tahsil olgan.

Oliy ma'hadni bitirishlari bilanoq "Sovet sharqi musulmonlari" jurnalida ishlagan.

O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari diniy idorasi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini chet elga, ya'ni Liviya Arab Respublikasining Tripoli shahridagi Islomiy da'vat fakultetiga o'qishga yubordi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari mazkur fakultetni 1980 yil imtiyozli tamomlab, yurtga qaytdi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari diniy idorasining tashqi aloqalar bo'limida ishlab, bir paytda Oliy ma'hadda dars bergan. Keyin mazkur ma'hadda mudir noibi, so'ngra mudir lavozimlarida ishlagan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari diniy idoraning 1989 yilda bo'lib o'tgan Umumiy qurultoyida O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari Diniy idorasi muftiysi lavozimiga tayinlangan. Qolaversa, kishi mustaqil O'zbekiston Respublikasining birinchi muftiysi bo'ldi.

Shayx hazratlari Makkai Mukarramadagi "Butun Dunyo Islom Robitasi" ning ta'sis majlisi, Butun dunyo tasavvuf uyushmasi, Butun dunyo Islomiy xalqlari boshqaruvining bosh kotibiyati, Butun dunyo da'vat uyushmasi, Butun dunyo Ulamolari kengashi uyushmasi, Islomobod shahridagi Butun dunyo Islom uyushmasi, Makkai Mukarramadagi Butun dunyo mufakkir ulamolari yig'inining ijroiya qo'mitasi, Butun dunyo masjidlar uyushmasi, Iordaniyadagi Oli Bayt mussasasiga qarashli Islomiy fikrlar akademiyasi a'zosi edi.

Shuningdek, shayx hazratlari Misr Arab Respublikasi, Liviya Jamohiriyasi va Rossiya federatsiyalari kabi qator davlatlarning faxriy unvon va mukofotlari bilan taqdirlangan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari 2015 yil 10 mart kuni Toshkent shahrida vafot etgan.
Абноўлена
16 ліп 2025 г.

Бяспека даных

Бяспека пачынаецца з разумення таго, як распрацоўшчыкі збіраюць і абагульваюць вашы даныя. Спосабы забеспячэння прыватнасці і бяспекі даных залежаць ад выкарыстання праграмы, месца пражывання і ўзросту карыстальніка. Распрацоўшчык даў гэту інфармацыю, але з цягам часу ён можа змяніць яе.
Даныя не абагульваюцца са староннімі арганізацыямі
Даведацца больш пра тое, як распрацоўшчыкі заяўляюць пра абагульванне даных
Праграма можа збіраць наступныя тыпы даных:
Месцазнаходжанне і Прылада ці іншыя ідэнтыфікатары
Даныя не шыфруюцца
Выдаліць даныя немагчыма

Што новага

Поддержка Android 15.