Тарджимондан
Mazkur qissalarning muallifi mashhur yozuvchilardan emas. U haqda adabiyot tarixi oz ma’lumotga ega. Асари хам нима учундир кайта-кайта нашр етилмаган. Holbuki, muhabbatning og‘ir sinovlari haqida hikoya qiluvchi bu qissa har qanday yosh yigit-qizning qalbini larzaga solishi aniq. Bu asarni men bundan o‘ttiz olti yil muqaddam o‘qigan edim. Kitobni harbiyda birga xizmat qilayotgan qofqazlik do‘stlarim sovg‘a qilishgan edi. Asarni tarjima qilish istagi o‘shandayoq tug‘ilgandi. Qoralama nushasini tayyorlab ham qo‘ygan edim. Ammo turli sabablar bilan ish oxiriga yetmagandi. Kaminaning muhabbat yoshi yillar suronida ortda qolib, xazonrezgi fasliga kelganda bu ikki asarni yana qo‘lga olishga nima sabab bo‘ldi? Ko‘p uchrashuvlarda adabiyot muxlislari sevgi haqida asarlar kamligidan nolib, shu mavzuda ham biron narsa yozishimni iltimos qilishadi. Йошларнинг нолишида джон бор. Chindan ham chin sevgi va sadoqat haqidagi asarlar kam. Хозир йозилайотганларида сайозлик мавджуд. Мен есам бу мавзуда йозишни истасам-да, ко‘нгилдагидай асар яратишга ко‘зим йетмайди. Shu bois yoshligimda o‘zimga qattiq ta’sir qilgan asar tarjimasini nihoyasiga yetkazishga jazm etdim. Zero, sevgi millat tanlamaydi. Sevgi fojiasi шунка шундай.
Ikki og‘iz so‘z muallif haqida: Владимир Икскул 1860 yilda барон Яков Икскул oilasida tug‘ilgan. U damlarda Estoniya yerlari rus podshohligiga qaram edi. Владимир харбий билим юртида о‘киди. Рус армиясида хизмат килъди. 1906 yili Amerikaga safar qiladi. Кемада осетин чавандозлари билан танишиб, до‘стлашади. Ularning hikoyalarini tinglaydi. Safardan qaytgach, yangi orttirgan do‘stlarining taklifiga ko‘ra, Qofqazga keladi. Shu yillari uning yozuvchilik faoliyati boshlanadi. Qofqaz xalqlari hayotidan ajoyib asarlar yaratadi. Uning asarlari nemis tilida yozilgan. Asosiy qo‘lyozmalari ham Germaniya kutubxonalarida saqlanadi. Shunga qaramay, u o‘sha davr adabiy muhitida „Qofqaz qo‘shiqchisi“ degan nomga sazovor bo‘lgan. Asarni biz rus tilidagi kamyob nushasidan tarjima qildik. O’zbek o‘quvchilari tushunishi oson bo‘lsin uchun erkin uslubdan foydalandik. Qofqazliklar hayotidan hikoya qiluvchi bir qancha kitoblar o‘qilgani, qofqazlik do‘stlar suhbatlaridan bahramand bo‘linganligi bu ishda qo‘l keldi.
Тохир Малик
Актуализирано на
25.09.2025 г.