Alloh subhonahu va taolo ko‘z bilan ko‘rib turganimiz va ko‘zimizga ko‘rinmaydigan butun borliqni yaratgan qudrat sohibidir. Avval koinot yaratilib, undan so‘ng inson xalq qilingan. Azaldan yakkayu yagona Allohdan boshqa biror narsa mavjud emas edi. Alloh taolo o‘zining borligini, buyukligini, qudratini bildirish uchun oliy hikmati bilan osmonlarni, Yerni va undagi boyliklarni, o‘simliklarni yo‘qdan bor qildi. Yolg‘iz Allohning o‘zigagina itoat va ibodat qilishga buyurilgan farishtalar, insonlar va jinlarni xalq qildi.
Farishtalar ko‘zga ko‘rinmas mavjudot bo‘lib, nurdan yaratilgan, ularda nafs bo‘lmaganligi uchun taom yeyish, ichimlik ichish va shahvoniy hissiyotlarga berilishdan ozoddirlar.
Farishtalarning eng go‘zali va eng ul-g‘i Jabroil farishtadir.
Актуализирано на
25.07.2024 г.