Otamdan Qolgan Dalalar

Conté anuncis
10 k+
Baixades
Classificació del contingut
Per a tots els públics
Imatge d'una captura de pantalla
Imatge d'una captura de pantalla
Imatge d'una captura de pantalla
Imatge d'una captura de pantalla
Imatge d'una captura de pantalla
Imatge d'una captura de pantalla
Imatge d'una captura de pantalla
Imatge d'una captura de pantalla

Sobre l'aplicació

"Otamdan qolgan dalalar" - ramziy roman.

Muallif o'z romanida sobiq sho'rolar zamonida yashab, butun umri dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko'rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis o'zbek xalqi siymosini tim Dehqsolida etaqdiuly

Oʻzbek adabiyotshunoslarining tahlilicha Togʻay Murodning ilk romani „Otamdan qolgan dalalar“ oʻzbek milliy adabiyoti tarixida muhim hodisa boʻlgan. Asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi oʻzini, oʻzining hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan oʻtkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy odamlar turmushini oʻzgacha nigoh bilan anglash yoʻlini tutadi.

Mustabid tuzuma sharoitida oddiy zahmatkash mehnat ahli ayni oʻsha noyob fazilatlari — toʻgʻrisoʻzligi, mehnatkashligi, halolligi, odob-andishasi tufayli xor boʻlayotganligini adib chuqur alam-iztirob, tasvirlaymatlar billar. Asarda ijtimoiy ruh — pafos keng koʻlam kasb etadi. Roman markazida Dehqonqul taqdiri turadi. Asar voqealari hayoti, taqdir-qismati, ruhiy dunyosi, ona-yer, kindik qoni toʻkilgan muqaddas tuproq bilan mustahkam bogʻliq, oʻzbekning ramzi degulik mehnatkash inson — bosh qahramon Dehqonqul tilidan soʻzlab beriladi.

Dehqonqul obrazi — oʻzbek adabiyotida badiiy kashfiyot hisoblandi. Dehqonqul sovet davri adabiyotida zavq-shavq bilan qalamga olingan mehnat qahramonlariga parodiya tariqasida yaratilgan. U totalitar tusum, qizil imperiya siyosati tarbiyalab yetishtirgan "mehnat kishisi", "yangi inson" timsoli, mustabid hokimiyat munofiqona mafkurasining tirik qurboni. Dehqonqul shoʻrolar hukumatining deyarli tengdoshi. Yozuvchi qahramon taqdiri orqali davrni, "sotsialistik jamiyat tarixini ifodalash" ni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻymaydi.

Sovet hokimiyati yillarining "muhim pallalari" atayin chetlab oʻtiladi, fuqarolar urushi yillarida aqlini tanigan bola 60-yillarda ham bolaligicha qolaveradi. Bu hol també "mantiqsizlik" boʻlib tuyulmaydi. Yozuvchini birinchi galda Dehqonqulni qul, muda qilib shakllantirgan hayotiy omillar qiziqtiradi.

Asarda bosh qahramon Dehqonqul oʻzbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning oʻgʻli Aqrab va uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali oʻzbek xalqi hayotining fojiali qirralarini yoritib berilgan. Bolalikdan qullik, zulmga koʻnikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, moʻl hosil berishigina saodat.

Dehqonqul shu tashvishlar bilan band boʻlib olasiga, farzandlariga ham eʼtibor bermaydi. Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambagʻalligiga koʻnadi. Siyosatdan yiroq boʻlgan boʻlsa-da, asar yakunida „Paxta ishi“ sababli qamaladi. Shuncha yil qul boʻlib yashagan Dehqonqulning koʻzi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana oʻshanda anglaydi.

Togʻay Murod ushbu romani haqida shunday fikr bildirgan: "Men bu asarim bilan oʻzbek xalqiga haykal qoʻyaman"!
Data d'actualització:
15 d’ag. 2025

Seguretat de les dades

La seguretat comença per entendre com els desenvolupadors recullen i comparteixen les teves dades. Les pràctiques de privadesa i seguretat de les dades poden variar segons l'ús que es fa de l'aplicació, la regió i l'edat. El desenvolupador ha proporcionat aquesta informació i és possible que l'actualitzi al llarg del temps.
No es comparteixen dades amb tercers
Més informació sobre com els desenvolupadors declaren la compartició de dades
Aquesta aplicació pot recollir aquests tipus de dades
Identificadors de dispositiu o d'un altre tipus
Les dades s'encripten mentre estan en trànsit

Novetats

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.