Birinchi marta ko‘rib turgan odamga nisbatan yoqtirmaslik yoki moyillik tuyg‘ulari nima asosida paydo bo‘ladi, degan savol har birimizni qiziqtirishi tabiiy. Insonni o'rganish ilmi asoschilarining ta’kidlashlaricha, ushbu munosabat tana «signali» - så'zsiz til asosida hosil bo'larkan.
Faqat ruhshunoslarni hisobga olmaganda ushbu til deyarli hech qayerda o‘rgatilmaydi. Ammo insonning harakatlarini to'g‘ri baholash, uni yaxshiroq bilish uchun ushbu fan til‘g‘risida ma’lumotga ega bolishlish har bir inson uchun kerak va juda qiziqarli.
Insonning har bir xatti-harakati, imo-ishorasi - ushbu tilning so‘zlari. Xatti-harakatiga qarab munosabatda bo‘lamiz, shu asosida o‘zaro aloqalarimiz shakllanadi. Ba’zan suhbatdoshimizga aytmoqchi bo‘lganlarimizni «så‘zsiz» javobimiz bilan o‘zimiz kutgandek muvaffaqiyatli uddalashimiz mumkin. Ayrim hollarda esa suhbatdoshimizning xatti-harakati bizni ehtiyotkorlikka undaydi (narkotik moddalar qabul qiluvchilar, sobiq mahbuslar, hayotdan norozi, ruhan nosog'lom kishilarning xatti-harakatlari). Bunday hollarda qanday qilib aloqani yaxshilikcha uzish til‘g‘risida o‘ylab ko‘ramiz. Ko‘pchilik odamlar bir narsani o‘ylab turib boshqa narsani gapiradilar, shuning uchun ularning haqiqiy ahvolini tushunish juda muhim.