Tarixi Muhammadiy

Enthält Werbung
10.000+
Downloads
Altersfreigabe
Jedes Alter
Screenshot
Screenshot
Screenshot
Screenshot
Screenshot
Screenshot
Screenshot
Screenshot
Screenshot

Über diese App

Bilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi, xohi yosh,
xohi qari, mana shu tubandagi to‘rt narsaning tarixini bilishi albatta lozimdur.
I. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari.
II. Qur’oni karim tarixi.
III. Dini Islam tarixi.
IV. Ka’batulloh tarixi.
Shuning uchun, men faqir – Alixonto‘ra Shokirxonto‘ra o‘g‘li Sog‘uniydurmankim,
bizlardin keyingi avlod nasllarimizga va ham boshqa turkiy tillik vatandosh, din
qarindoshlarimizga mendan yodgor bo‘lsin deb yuqoridagi to‘rt narsa tarixini har qandoq
kishi tushungudek qilib, ochiq turkiy tilida yozdim. Bu kitobga «Tarixi Muhammadiy» deb
ot qo‘ydim. Buni o‘qiguvchilar faqirni duolarida yod qilib qo‘yishlarini umid qilurman.
BUYUK USTOZ HAQIDA SO‘Z
«Tarixi Muhammadiy» muallifi Alixonto‘ra Sog‘uniyni asrimizning ko‘plab ulamoi fozillari
o‘zlarining buyuk ustozlari deb biladilar. Null, ul zoti bobarakotning serfayz va ta’sirchan
suhbatlaridan bir lahza bahramand bo‘lgan har bir tolibi sodiq yillar davomida o‘zga
ustozlardan olgan saboqlari yoki yuzlab mutolaa qilgan kitoblardan olgan
ma’lumotlaridan schinken ziyodroq istifoda etar edi, desam mubolag’a bo’lmas. Kamina esa
bir lahza emas, Tangriga behad shukrlar aytamankim, ul ustozi kullning darsgo'ylik
davralarida va fayzli suhbatlarida ko'p bo'lganman va ko'pdan-ko'p ilmiy ishtibohlarimni
so‘rab o‘ta qoniqarli javoblar olganman.
Hamon esimda, 1971 yili Marg‘ilon shahriga borganlarida bir ilmiy suhbatda hozirlarning
ko’pchiligi tolibi ilmlar ekanini nazarda tutib, ahli majlisga Qur’oni karimdan Val-asr
surasini tafsir qilib bergan edilar. Sure eng qisqa suralardan bo‘lib, atigi uch oyat – ikki
satr bo‘lishiga qaramay ustoz roppa-rosa ikki soat tahlil etib, oyatlarning har bir kalima,
hatto harfi zimnidagi hikmati va nuqtalarini shunchalik hakimona sharxlar edilarki,
diqqat bilan some’ bo’lib turgan ulamo va toliblar boshlariga qush qo’ngandek sukut
saqlagan holda vujudlari quloq bo'lib, har bir so'zlarini uqib olishga va mag'zini
chaqishga harakat qilar edilar.
Darhaqiqat, ustoz ilmu hikmatning bir-ikki sohasida emas, balki ilmi qiroat, tafsir, hadis,
fiqh, nahv, balog‘at, mantiq, tib, tarix, siyrat, jug‘rofiya, nazmu nasr va boshqa fanlar
Bo‘yicha-Schinken Yetuk Mutaxassis Edilar.
Endi ushbu siyrati nabaviyya faniga mansub «Tarixi Muhammadiy» Asari-Xususida-Schinken
biroz to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Islom tarixi va janob payg’ambarimiz Muhammad alayhis-salotu vas-salomning hayotlari
va faoliyatlari to‘g‘risida hozirgacha arab, fors, turk va boshqa sharq va g‘arb tillarida
juda ko‘plab asarlar yozilgan. Lekin Alixonto‘ra Sog‘uniyning ushbu asari ularning
xulosasi bo‘lishi bilan birga, ma’lumotlarining ishonchli manbalardan olinganligi, har bir
tarixiy voqea bayonidan keyin muallifning unga nisbatan o‘z fikr-mulohazalarini ibratli
ravishda izhor etganlari va asarga imkoni boricha badiiylik kiritib har qanday kitobxonni
o‘ziga rom etishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.


Mening fikrimcha, asarni bir marta o‘qib chiqishning o‘zi kifoya qilmaydi, balki shu
muhim manbaga tez-tez murojaat qilib türkisch kerak. Tabiiyki, har safar yangi-yangi
tushunchalar kashf etilib, kitobxonda o‘zgacha taassurotlar hosil bo‘ladi. Bu faqat
kamining fikri emas. Asarni mutolaa qilib chiqqan ko‘pdan-ko‘p do‘stlarimiz Schinken
Ushbu Gapni Takrorlab Turadilar. Ayniqsa, imom-xatiblar, ulamoi kiromlar va tolibi
ilmlarning har birlarida ushbu noyob asardan bo‘lishini tavsiya etardim. Null, Hozirgi
Kunimizda Islom tarixi bo‘yicha o‘z ona tilimizda batafsil yozilgan bundan o‘zga asar
yo'q. Bundan tashqari bu fanga doir har qanday kitob uning o‘rnini bosa olmaydi. Xullas,
«Tarixiy Muhammadiy» kitobini har qancha ta’rif va tavsif qilinsa, kamlik qiladi. Yaxshisi,
asarning o’zini qunt bilan mutolaa qilib, uning serqirrali ma’lumotlaridan, fayzu futuhli
mazmunlaridan bahramand bo'lgan kitobxongina bunday ta'riflarda mubolag'a yo'q
ekaniga to‘la ishonch hosil qiladi.
Aktualisiert am
17.10.2025

Datensicherheit

Was die Sicherheit angeht, solltest du als Erstes verstehen, wie Entwickler deine Daten erheben und weitergeben. Die Datenschutz- und Sicherheitspraktiken können je nach deiner Verwendung, deiner Region und deinem Alter variieren. Diese Informationen wurden vom Entwickler zur Verfügung gestellt und können jederzeit von ihm geändert werden.

Neuerungen

Use the app in 2 languages

Adjust the text to any size you like
Enable dark mode
Change the text color
Change the background color of the text
Change the text style (font)
And many other features available