Salavotlar
Muallif: Ziyovuddin Rahim
Olamlar Parvardigori Alloh taologa hamdu sanolar aytamiz. Mahbub Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, u zot oila a'zolariga, sahobai kiromlariga salavotlar, salomlar yo‘llaymiz.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga salavot aytish, salom yo‘llash fazilati ulug‘dir.
Zero, salavot aytgan banda Alloh azza va jallaga yaqin bo‘ladi, juda ko‘p ajr-mukofot oladi, gunohlardan poklanadi, martabasi yuksaladi. Habibimizga salavot aytgan, salom yo‘llagan banda dunyoyu oxirat saodatini qo‘lga kiritadi.
Σαλαβότ βα σαλόμ αγίτις ιλοχι αμρντίρ. Parvardigorimiz Kalomi majidda O‘zi hamda farishtalari Nabiy sollallohu alayhi va sallamga salavot, salom aytishini ma’lum qilgan, bizlarni ham u zotga salavot aytishga, salom yo‘llashga buyurgan.
Salavot mavzui qadimdan ulamolar e’tiborida bo‘lib kelgan. Ular bu bobda turfa uslubdagi, hajmdagi kitoblar yozib qoldirishgan. Biz ana o‘sha ilmiy meroslardan foydalangan holda siz azizlarga salavot ma’nosi, fazilatlari, hukmlari haqida qisqacha ma’lumot berishni niyat qildik.
Alloh taolo bu risolani mo‘min-musulmonlar uchun foydali qilsin, uni yozgan, nashr ettirgan, o‘qigan, amal qilganlar dunyoyu oxiratda najot topishlariga, baxt-saodatga eriishishlariga vosita qilsin!
Ενημερώθηκε στις
22 Οκτ 2023