Ibroyim Yusupov - Sherlari

1K+
Downloads
Content rating
Everyone
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image

About this app

Muallif - Joniqulov Nurali Zokirjonzoda

Dasturchilar:
Toshmurodov Javoxir
Joniqulov Nurali
Mustafoqulov Shahboz
Jumaboyev Shodiyor
Baxromov Shodiyor

Dizayner:
Joniqulov Nurali
Zafaarjon Obidov

Ibroyim Yusupov (1929–2008) ijodi XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlaridagi qoraqalpoq adabiyoti tarixida yorqin sahifani tashkil qiladi.
Ibroyim Yusupov 1929 yili Chimboy tumanidagi Ozod qishlogʼida tavallud topdi. 1949 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini bitirgach, 1961 yilgacha shu oliy dargohda oʼqituvchi boʼlib ishladi. 1961–1962 yillarda “Аmudaryo” jurnalining bosh muharriri, keyingi uch yil mobaynida Najim Dav-qoraev nomidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1965–1980 yillarida Qoraqalpogʼiston Yozuvchilar uyushmasining raisi, 1980–1988 yillarda “Erkin Qoraqalpogʼiston” (sobiq “Sovet Qoraqalpogʼistoni”) gazetasida bosh muharrir, shuningdek, keyingi yillarda Tinchlik qoʼmitasining Qoraqalpogʼiston boʼlimiga (1988–1994), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga (1994–2000) raislik qildi.
Uning sheʼrlari 40-yillarda matbuotda eʼlon qilina boshlandi. Bolaligida qoraqalpoq xalq ogʼzaki ijodi namunalarini, Sharq adabiyotlari hamda mumtoz adabiyotimiz namoyandalarini, talabalik yillarida esa rus va jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishib, ularning asarlaridagi badiiyat sirlarini qunt bilan oʼrgandi. Shoir oʼzining ilk asari “Vatanim” sheʼri eʼlon qilingan paytdan (1946) boshlab, shu bugungacha “Baxt lirikasi” (1955), “Kunchiqar yoʼlovchisiga” (1959), “Oʼylar” (1960), “Etti navo” (1962), “Dala orzulari” (1966), “Koʼngil koʼngildan suv ichar” (1971), “Toʼmaris” (1974), “Ilhom”, “Tashvishlarga boy dunyo” (1987), “Tuzli shamollar” (1988), “Koʼngildagi keng dunyo” (1989), “Bekligingni buzma sen…” (1995), “Har kimning oʼz zamoni bor” (2004) kabi sheʼriy toʼplamlarini nashr ettirdi. Uning ikki jildlik “Tanlangan asarlar” toʼplamlari ikki marotaba – 1978–79 va 1992 yillarda nashr qilingan. Turli yillarda chop etilgan toʼplamlarda shoirning “Oʼrtoq muallim”, “Аkatsiya gullagan yerda”, “Аktrisaning iqboli”, “Gilamchi ayol”, “Eski favvora ertagi”, “Dala armonlari”, “Toʼmaris”, “Bulbul uyasi”, “Farishta oy”, “Poseydonning gʼazabi”, “Vatan tuprogʼi” va boshqa doston (poema)lari eʼlon etilgan.
Updated on
4 Apr 2023

Data safety

Safety starts with understanding how developers collect and share your data. Data privacy and security practices may vary based on your use, region and age The developer provided this information and may update it over time.
No data shared with third parties
Learn more about how developers declare sharing
No data collected
Learn more about how developers declare collection
Committed to follow the Play Families policy