Nomus Va Qasos

Contains ads
1K+
Downloads
Content rating
Everyone
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image

About this app

Tarjimondan

Mazkur qissalarning muallifi mashhur yozuvchilardan emas. U haqda adabiyot tarixi oz ma’lumotga ega. Asari ham nima uchundir qayta-qayta nashr etilmagan. Holbuki, muhabbatning og‘ir sinovlari haqida hikoya qiluvchi bu qissa har qanday yosh yigit-qizning qalbini larzaga solishi aniq. Bu asarni men bundan o‘ttiz olti yil muqaddam o‘qigan edim. Kitobni harbiyda birga xizmat qilayotgan qofqazlik do‘stlarim sovg‘a qilishgan edi. Asarni tarjima qilish istagi o‘shandayoq tug‘ilgandi. Qoralama nushasini tayyorlab ham qo‘ygan edim. Ammo turli sabablar bilan ish oxiriga yetmagandi. Kaminaning muhabbat yoshi yillar suronida ortda qolib, xazonrezgi fasliga kelganda bu ikki asarni yana qo‘lga olishga nima sabab bo‘ldi? Ko‘p uchrashuvlarda adabiyot muxlislari sevgi haqida asarlar kamligidan nolib, shu mavzuda ham biron narsa yozishimni iltimos qilishadi. Yoshlarning nolishida jon bor. Chindan ham chin sevgi va sadoqat haqidagi asarlar kam. Hozir yozilayotganlarida sayozlik mavjud. Men esam bu mavzuda yozishni istasam-da, ko‘ngildagiday asar yaratishga ko‘zim yetmaydi. Shu bois yoshligimda o‘zimga qattiq ta’sir qilgan asar tarjimasini nihoyasiga yetkazishga jazm etdim. Zero, sevgi millat tanlamaydi. Sevgi fojiasi ham shunday.
Ikki og‘iz so‘z muallif haqida: Vladimir Ikskul 1860 yilda baron Yakov Ikskul oilasida tug‘ilgan. U damlarda Estoniya yerlari rus podshohligiga qaram edi. Vladimir harbiy bilim yurtida o‘qiydi. Rus armiyasida xizmat qiladi. 1906 yili Amerikaga safar qiladi. Kemada osetin chavandozlari bilan tanishib, do‘stlashadi. Ularning hikoyalarini tinglaydi. Safardan qaytgach, yangi orttirgan do‘stlarining taklifiga ko‘ra, Qofqazga keladi. Shu yillari uning yozuvchilik faoliyati boshlanadi. Qofqaz xalqlari hayotidan ajoyib asarlar yaratadi. Uning asarlari nemis tilida yozilgan. Asosiy qo‘lyozmalari ham Germaniya kutubxonalarida saqlanadi. Shunga qaramay, u o‘sha davr adabiy muhitida “Qofqaz qo‘shiqchisi” degan nomga sazovor bo‘lgan. Asarni biz rus tilidagi kamyob nushasidan tarjima qildik. O’zbek o‘quvchilari tushunishi oson bo‘lsin uchun erkin uslubdan foydalandik. Qofqazliklar hayotidan hikoya qiluvchi bir qancha kitoblar o‘qilgani, qofqazlik do‘stlar suhbatlaridan bahramand bo‘linganligi bu ishda qo‘l keldi.

Tohir Malik
Updated on
6 Aug 2025

Data safety

Safety starts with understanding how developers collect and share your data. Data privacy and security practices may vary based on your use, region and age. The developer provided this information and may update it over time.
No data shared with third parties
Learn more about how developers declare sharing
No data collected
Learn more about how developers declare collection

What's new

- Matnni Lotin yoki Krill alifbosiga o’zgartira olish.
- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgrartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.