Har qanday – siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlar demografik xususiyatlar bilan bog‘liq bo‘lib, mamlakatdagi jamiyat hayotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda demografik jarayonlarning o'rni katta bo'lib, aholi sonining o'sishi, joylashishi, demografik tarkibi, tug'ilish, o'lim, nikoh, ajrimlar, migratsiya, oilalar tarkibi va boshqa muhim jihatlarini ilmiy o'rganish va o'rgatish bugungi kunda dolzarb bo'lib bormoqda. Shuningdek, mamlakatimizda barqaror o'sishni ta'minlashda demografik o'zgarishlarni to'laqonli baholash, sohadagi ichki zahira va imkoniyatlarni aniqlashda yosh olimlarni ushbu sohaga jalb etish, xorijiy va mahalliy yetuk olimlar o'rtasida bilim va tajriba almashish, shmamlakatimiza olim yaratish, hamda ularda zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.