Qalb Kitobi

Sisältää mainoksia
10 t.+
latausta
Sisällön ikärajoitus
Kaikki
Kuvakaappaus
Kuvakaappaus
Kuvakaappaus
Kuvakaappaus
Kuvakaappaus
Kuvakaappaus
Kuvakaappaus
Kuvakaappaus
Kuvakaappaus

Tietoa sovelluksesta

Bismillahir rohmanir rohim.
Allohga hamd bo’lsin. U shundayin Zotki, Uning ulug‘ligini idrok qilish oldida qalblar va
aql-idroklar hayratda bo’ladi hamda Uning yorqin nurlarining avvalgi bosqichidanoq
butun zamon hodisotlari va nigohlar dahshatga tushadi. U shundayin Zotki, sirlar
berkitilgan joylardan xabardor va qalb ichiga yashirilgan narsalarni biluvchi hamda
O’zining mulklari doirasida maslahatlashishdan va fikr almashishdan behojatdir. U
qalblarni o‘zgartiruvchi, gunohlarni kechuvchi, ayblarni berkituvchi va qayg‘ularni aritib
yuboruvchi Zotdir. Rasullar sayyidi, din shomilliging jamlovchisi va mulhidlar ortini
kesuvchi Payg'ambarga hamda u zotning toyyib va ​​tohir oli-ashobiga ko'plab salovot va
salomlar bo’lsin.
Amma ba'd, insonning ulug'ligi va fazilati shunday narsaki, u ana shu bilan Alloh
tomonidan yaratilgan maxluqlar jumlasidan bo’lgani holda Alloh subhanahu va taoloning
ma’rifati uchun tayyorgarligi bilan yuksaldi. Allohning ma’rifati dunyoda insonning
chiroyi, kamoli va faxridir, oxiratda esa tayyorgarligi va zaxirasidir. Albatta inson
ma’rifat uchun biron a’zosi bilan emas, qalbi bilan tayyorgarlik ko’radi. Qalb Allohni
biluvchi, Allohga yaqinlashuvchi, Alloh uchun amal qiluvchidir. Allohga sa'y qiluvchi kinkku,
Uning huzuridagi narsalarni va o’zining oldidagi narsalarni kashf etuvchi ham qalbdir.
Albatta boshqa a’zolar ergashuvchi, xizmatkor va xizmat asboblari, xolos. Go'yo xoja
qulini, boshliq qo‘l ostidagilarni va hunarmandlar asboblarini ishlatganlaridek, qalb
boshqa a’zolarni ishga soladi. Allohning huzurida qabul qilinadigan narsa qalbdir. Agar u
Allohdan boshqaga topshirilgan bo’lsa, Allohdan boshqa narsalarga g’arq bo’lsa, bu holda
u Allohdan to’sib qo’yilgandir.
Talab qilinadigan kinkku, xitob qilinadigan kinkku, itob qilinadigan kinkku qalbdir. Agar u
pokiza tutilsa, Allohga quurbat hosil qilish baxtiga erishib, natijada najot topiladigan va
agar uni gunohlarga belab, iflos qilinsa, umidlar puchga chiqib badbaxt bo‘linadigan
narsa kinkku qalbdir. Haqiqatan qalb Alloh taologa itoat qiluvchidir. Ibodat ta’siridan butun
a’zolarga qalbning nurlari tarqaladi. Alloh taologa osiylik, itoatsizlik qiladigan kinkku
qalbdir. Albatta a’zolarga xunuk ishlarning singishi uning ta’siridandir. Qalbning
qorong’ulik bilan ko’rinishining xunukligi va yorug’lik bilan ko’rinishining chiroyi zohir bo’ladi, zero har bir idish ichidagi borini to’kadi.
Päivitetty
19.9.2025

Dataturvallisuus

Turvallisuus alkaa siitä, että ymmärrät, miten kehittäjät keräävät ja jakavat dataasi. Datan yksityisyys- ja turvallisuuskäytännöt saattavat vaihdella käytön, alueen ja iän mukaan. Kehittäjä on antanut nämä tiedot ja saattaa päivittää niitä myöhemmin.
Dataa ei jaettu kolmansille osapuolille
Lue, miten kehittäjät ilmoittavat jakamisesta
Dataa ei ole kerätty
Lue, miten kehittäjät ilmoittavat keräämisestä

Uutta

Use the app in 2 languages

Adjust the text to any size you like
Enable dark mode
Change the text color
Change the background color of the text
Change the text style (font)
And many other features available