Qiyomat

Contient des annonces
5 k+
Téléchargements
Classification du contenu
Tout le monde
Capture d'écran
Capture d'écran
Capture d'écran
Capture d'écran
Capture d'écran
Capture d'écran
Capture d'écran
Capture d'écran
Capture d'écran

À propos de cette appli

Hali maktabda o'qib yurgan davrlarim, qish kechalarining biri edi. Kechki ovqatdan keyin men uy vazifalarimni tayyorlashga, dadam esa har kungi odatini kanda qilmay kitob o'qishga kirishdi. Birdan chiroq o'chdi. Oyim sham yoqdi, men chiroq yongach darslarimni davom ettirishga qaror qildim, ammo dadam hech narsaga parvo qilmay sham yorug'ida mutolaani davom ettirardi. Dadam o'qishga shunchalik berilib ketgan ediki, go'yo hozir yonimizda emas, o'sha asar voqeligiga singib ketganday edi. Ora-sira mutolaani to'xtatar, chuqur o'yga tolar, nimagadir kuyunganday bosh chayqab qo'yar va yana o'qishda davom etardi. Buni chetdan kuzatib turgan menga dadamning sham yorug'idagi o'ychan holati qanchalik zalvorli ko'ringan bo'lsa, u o'qiyotgan kitob ham shunchalik qiziq tuyuldi. Bu so'nggi yuz yillikning eng mashhur yozuvchilaridan biri - Chingiz Aytmatovning "Qiyomat" romani edi. Uyimizdagi kutubxonadan joy olgan bu kitobning dadamdan keyingi o'quvchisi men bo'ldim.

Asar haqida

So'nggi yuz yillikning dunyoga mashhur yozuvchilaridan biri, qardosh qirg'iz adabiyotining yetakchi namoyandasi Chingiz Aytmatovning "Qiyomat" ("Kunda") romani ilk marotaba 1986-yilda rus tilida nashr etilgan. Biroz o'tib, rus tilidan qirg'izchaga tarjima qilingan. Roman avval o'zbekchaga "Kunda" nomi bilan tarjima qilinib, 1988-yilda "Sharq yulduzi" jurnalining 8, 9, 10-sonlarida e'lon qilingan.

Chingiz Aytmatovning "Qiyomat" romanida ezgulik va oliyjanoblikning, yaxshilik va to'g'rilikning, adolat va haqgo'ylikning, Qiyomat qoyim darajasiga tushayotgan holatlari tabiat, jamiyat, inson va iymon muammolarini aks ettirish orqali ko'rsatiladi. Romanda bir-biri bilan mohirona bog'langan va ayni paytda umuman boshqa-boshqa zamon va makonda yuz beradigan voqealarning har birini soatlab tahlil qilish mumkin. Men esa romanning siz o'qishingiz mumkin bo'lgan boshqa tahlillarda tilga olinmagan jihatlarini yoritishga harakat qildim.


Roman uch bo'lim va to'rt asosiy syujet voqeliklaridan tashkil topgan. Birinchi hikoya liniyasida bo'rilar Akbara va Toshchaynar, ikkinchisida diniy Seminariyadan ketgan Avdiy Kallistratov, uchinchisi Hazrat Iso va nihoyat to'rtinchisi halol va mehnatkash cho'pon Bo'ston bilan bog'langan. Asarning boshlanishi urg'ochi bo'ri Akbara nuqtai nazaridan, keyinroq Avdiy, oxiri ham Akbara, ham Bo'stonning qarashlari shaklida hikoya qilinadi.
Dernière mise à jour :
25 nov. 2025

Sécurité des données

La sécurité consiste d'abord à comprendre comment les développeurs collectent et partagent vos données. Les pratiques en matière de confidentialité et de sécurité des données peuvent varier selon votre utilisation, votre région et votre âge. Le développeur a fourni ces renseignements et peut les mettre à jour au fil du temps.
Aucune donnée n'est partagée avec des tiers
En savoir plus à propos de la façon dont les développeurs déclarent le partage
Cette appli peut collecter ces types de données
Appareil ou autres identifiants
Les données sont chiffrées en transit