Otamdan Qolgan Dalalar

Sadrži oglase
10 tis.+
Preuzimanja
Ocjena sadržaja
Svi
Slika snimke zaslona
Slika snimke zaslona
Slika snimke zaslona
Slika snimke zaslona
Slika snimke zaslona
Slika snimke zaslona
Slika snimke zaslona
Slika snimke zaslona

O ovoj aplikaciji

"Otamdan qolgan dalalar" - ramziy roman.

Muallif o‘z romanida sobiq sho‘rolar zamonida yashab, butun umri dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko‘rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis o‘zbek xalqi siymosini Dehqonqul timsolida badiiy talqin etadi

Oʻzbek adabiyotshunoslarining tahlilicha Togʻay Murodning ilk romani „Otamdan qolgan dalalar“ oʻzbek milliy adabiyoti tarixida muhim hodisa boʻlgan. Asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi oʻzini, oʻzining hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan oʻtkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy odamlar turmushini oʻzgacha nigoh bilan anglash yoʻlini tutadi.

Mustabid tuzum sharoitida oddiy zahmatkash mehnat ahli ayni oʻsha noyob fazilatlari — toʻgʻrisoʻzligi, mehnatkashligi, halolligi, odob-andishasi tufayli xor boʻlayotganligini adib chuqur alam-iztirob, nadomatlar bilan tasvirlaydi. Asarda ijtimoiy ruh — pafos keng koʻlam kasb etadi. Rimska markazida Dehqonqul taqdiri turadi. Asar voqealari hayoti, taqdir-qismati, ruhiy dunyosi, ona-yer, kindik qoni toʻkilgan muqaddas tuproq bilan mustahkam bogʻliq, oʻzbekning ramzi degulik mehnatkash inson — bosh qahramon Dehqonqul tilidan soʻzlab beriladi.

Dehqonqul obrazi — oʻzbek adabiyotida badiiy kashfiyot hisoblanadi. Dehqonqul sovet davri adabiyotida zavq-shavq bilan qalamga olingan mehnat qahramonlariga parodiya tariqasida yaratilgan. U totalitar tuzum, qizil imperiya siyosati tarbiyalab yetishtirgan „mehnat kishisi“, „yangi inson“ timsoli, mustabid hokimiyat munofiqona mafkurasining tirik qurboni. Dehqonqul shoʻrolar hukumatining deyarli tengdoshi. Yozuvchi qahramon taqdiri orqali davrni, „sotsialistik jamiyat tarixini ifodalash“ni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻymaydi.

Sovet hokimiyati yillarining „muhim pallalari“ atayin chetlab oʻtiladi, fuqarolar urushi yillarida aqlini tanigan bola 60-yillarda ham bolaligicha qolaveradi. Bu hol također „mantiqsizlik“ boʻlib tuyulmaydi. Yozuvchini birinchi galda Dehqonqulni qul, mute qilib shakllantirgan hayotiy omillar qiziqtiradi.

Asarda bosh qahramon Dehqonqul oʻzbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning oʻgʻli Aqrab va uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali oʻzbek xalqi hayotining fojiali qirralarini yoritib berilgan. Bolalikdan qullik, zulmga koʻnikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, moʻl hosil berishigina saodat.

Dehqonqul shu tashvishlar bilan band boʻlib oilasiga, farzandlariga ham eʼtibor bermaydi. Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambagʻalligiga koʻnadi. Siyosatdan yiroq boʻlgan boʻlsa-da, asar yakunida „Paxta ishi“ sababli qamaladi. Shuncha yil qul boʻlib yashagan Dehqonqulning koʻzi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana oʻshanda anglaydi.

Togʻay Murod ushbu romani haqida shunday fikr bildirgan: „Men bu asarim bilan oʻzbek xalqiga haykal qoʻyaman“!
Ažurirano
24. stu 2025.

Sigurnost podataka

Sigurnost počinje razumijevanjem načina na koji razvojni programeri prikupljaju i dijele vaše podatke. Prakse privatnosti i sigurnosti podataka mogu se razlikovati ovisno o vašoj upotrebi, regiji i dobi. Te informacije pružio je razvojni programer koji ih tijekom vremena može ažurirati.
Podaci se ne dijele s trećim stranama
Saznajte više o tome kako razvojni programeri navode dijeljenje
Ova aplikacija može prikupljati ove vrste podataka
Identifikatori uređaja ili drugi identifikatori
Podaci se šifriraju tijekom prijenosa