SAVDOGARLAR USTOZI
Bismillaҳir Roҳmanir Roҳim
Dunëda šundaj insonlar bŭlganki, bugun ular ҳaқidagi rivoâtlar, ҳikoâlar
értakdek tuuladi. Bugungi kunlarda ulardek buûklar қajta tuғilmajdi, deb išoniladi,
išontiriladi. Men ҳam él қatori uluғ aždodlarimiz ҳaқida ŭқiganimda ғururlanaman va
қajta tuғilmajdi buûklar degan ishončimda “sodiқ” қolaman. Ŭzim tadbirkor ŭlaroқ
(asli filologman) tirikčilikdagi ming bir қijinčiliklarga duč kelaman.
Muvaffaқiâtga, omadga, pullar hazon bŭlib ëtadigan kelažakka tezroқ etiš učun wnlab
kitoblar ŭқidim, ŭқiâpman. U kitoblar pul topišning, bu ҳaëda âšab қolišning ming
bir usulini ūrgatadi. Tan olišim kerak ulardan kŭp fojda oldim va samarasini kun
sajin sezâpman. Âna šuni ҳam sezâpmanki, menga nimadir etišmaâpti. Ŭša nemanidir
uzoқ қidirdim. U nimadir kitoblarda bŭliši kerak. Ŭқidim, izlandim va nikҳoât...
Niҳoât topdim. Ŭnlab ŭқigan kitoblarimda jŭқ ilmlar, uzimizda ékan. Naқ spaljivanje
tagida, šundoқ қŭl uzatsa etarkan. ŭša ilmlardan nega halқimiz šu pajtgača
fojdalanib, ahši bir savdo, tirikčilik (bugun biznis dejiladi) ҳaқida kitob ëzmagan?
Halқ ajbdor émas, aslida. Čunki ular mustaқil bŭlgač, toғdaj ujilib ëtgan tirikčilik
tašvišidan ortib, ilmga éʺtibor berolmasdi. Ҳaliâm tirikčilik tašvišidan ortib
jangilik sari ildamlaëtganlari kam. Biz šu pajtgača va ҳozir ҳam biznis ҳaқida, savdo
ҳaқidagi etti ët begonalarning taʺlimotlaridan suv ičâpmiz. Ҳalollikni қadoқlab,
temir sandiққa қŭjib қŭjganimizga anča bŭlgan. Nima қilsang қil, boji, ҳar қandaj jŭl
tŭғri (ҳalolmi, ҳarommi farқi jŭқ, sen tanlagan va tŭғri deb bilgan ҳar қandaj jŭl ҳaқ
jŭldir).
Bugun insonlar ҳalol tižorat desa ažablanadigan aҳvolga kelib қolaëtir. Ajni šu
sabablar tufali қŭlga қalam olib, kamtarona bir asar ëzišga kirišdim. Bu asar sizga
bojišning asl jŭllari, omadning oltin kalitlari, muvaffaқiâtning ҳaқiқij siri,
ҳotiržam âšašning bebaҳo jŭllari, saҳijlikning samaralari, dŭstlikning
ustunliklari, ҳozatbarorlikning tuganmas fojdalari ҳaқida ҳikoâ қiladi. Âna ҳalol
tižorat va tožirning sifatlari beriladi.