Uzbekistan's Club

500+
Preuzimanja
Ocjena sadržaja
Svi
Slika snimke zaslona
Slika snimke zaslona
Slika snimke zaslona
Slika snimke zaslona
Slika snimke zaslona

O ovoj aplikaciji

Kreativ sanoat, mediji, ta'lim kabi sohalarda bir necha yildan beri ishlab, tajriba orttirgan yosh va progressiv jamoa 2021- yildan beri Uzbekistanski klub loyihasini amalga oshirib kelmoqda.
Katta salohiyat va iste'dodga ega minglab o'zbekistonliklar bugun dunyo bo'ylab katta kompaniyalar, nufuzli tashkilot va ta'lim dargohlarida muvaffaqiyatli karyera qilyapti, yana yuzlab hamyurtlarimiz chet mamlakatlarida o'z serdaromad bizneslarini boshlagan. Aholimiz o'sishi hamda O'zbekistonda xususiy ta'limning rivojlanishi, yoshlarning o'z ustida ishlashga bo'lgan intilishlari oshib borishi natijasida bu trend davomiy bo'ladi.
Mana shunday noyob tarixiy imkoniyat – demografik dividendimizdan unumli foydalanish maqsadida biz:
– Foydalanib turganingiz uzbekistans.club platformasini ishga tushirdik, muvaffaqiyatli vatandoshlarga onlayn tarzda rezident bo'lish imkoniyatini yaratdik;
– "O'zbekistonlik" nomli ilhombaxsh hujjatli filmlarining bir nechta epizodini omma e'tiboriga havola qildik;
– Milliy taomlarimizni tayyorlash va qiziqarli suhbatlarni o'z ichiga olgan kulinariya shousini tayyorladik;
– Jahon hamjamiyatining e'tiborini, xususan, o'zbekistonliklar orqali Orolbo'yi mintaqasi muammolariga qaratishni ko'zlagan Aral Dream loyihasiga start berdik;
– O'zbekistonni rivojlantirish uchun g'oyalarni ishlab chiqish va vatandoshlar orasida netvorkingni kuchaytirishga xizmat qiladigan xalqaro forumlariga asos soldik;
– Novinar, bloger va fikr yetakchilari uchun klubda media rezidentlik imkoniyatini yaratdik.
Ammo yuqoridagilar uzoq muddatli loyihalarning boshlanishi xolos. Ko'plab qiziqarli media tashabbuslar va iventlar, O'zbekistonning inson kapitalini oshirishga qaratilgan ishlarni siz kabi vatandoshlar bilan birgalikda, bamaslahat amalga oshirishga ochiqmiz. Xorij mamlakatida muvaffaqiyatli karyera qilgan yoki o'z biznesini boshlagan o'zbekistonliklarni klubimizga rezident sifatida qo'shilishlarini so'raymiz. Uzbekistanski klub orqali xalqqa o'z qahramonlarini tanitish, dunyoning turli nuqtalaridagi vatandoshlarni bir-biri bilan bog'lash – bizning birlamchi vazifamizdir.
Ažurirano
3. stu 2023.

Sigurnost podataka

Sigurnost počinje razumijevanjem načina na koji razvojni programeri prikupljaju i dijele vaše podatke. Prakse privatnosti i sigurnosti podataka mogu se razlikovati ovisno o vašoj upotrebi, regiji i dobi. Te informacije pružio je razvojni programer koji ih tijekom vremena može ažurirati.
Ova aplikacija može dijeliti ove vrste podataka s trećim stranama
Podaci o aplikaciji i izvedba
Nema prikupljenih podataka
Saznajte više o tome kako razvojni programeri navode prikupljanje
Podaci se šifriraju tijekom prijenosa

Što je novo

- UI and Performance optimization;
- Other minor changes;