Shum Bola: Milliy O'yin

Berisi iklan
50 rb+
Hasil download
Rating konten
Semua Umur
Gambar screenshot
Gambar screenshot
Gambar screenshot
Gambar screenshot
Gambar screenshot
Gambar screenshot

Tentang game ini

Xalqimizning ardoqli adibi Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub boʻlmish “Shum bola” qissasini ayrimlar soddagina, faqat kulguli sarguzashtlardan iborat asar hisoblaydi. Aslida ham shundaymi

“Shum bola” qissasi dastlab “Mushtum” jurnalida bosildi, soʻngra “Dovdirash” nomi bilan kitobcha holida nashr etilgan boʻldi.

Asarning dastlabki nashrlarida Achchiobod, Koʻkterak degan nomlar uchrasa-da, voqealarning qachon va qayerda boʻlib oʻtgani nomaʼlum edi. Asar boshida Soli, Toʻlagan degan bolalar tilga olinsa-da, keyin ular shu boʻyicha tushib qolar va Omon bilan Shum bolaning uchrashishlari tasodifiy roʻy berardi. Har holda asar umumiy oʻtmish haqidagi “choʻpchak” kabi taassurot uygʻotardi. “Bu falokatli ishni Yoʻldosh boshladi” degan gap bilan ekspozitsiyasiz boshlangan asarni beton zamon va makon bilan bogʻlash qiyin edi. Keyin qayta ishlangan varianda esa asosiy voqealar kechadigan joy koloriti va qahramonlar xarakterini shakllantiruvchi shart-sharoitlar tasvirlanadi. Bu yerda birinchi jahon urushi arafasidagi Toshkentning ijtimoiy qiyofasi chiziladi; shahar xalqining mashgʻuloti, ularning oʻzaro munosabati, ongi, tushunchasi, boylar va kambagʻallarning, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini xarakterlovchi belgi-koloritlar beriladi.

“Rastalar obod. Qaymoq bozorining burilishida, mahkamaning boshida, Ilhom samovarchining kattakon choyxonasi boʻlib, unda grammafon chalinadi. Turli plastinkalar orqali Toʻychi hofiz, Hamroqul qori, Hoji Abdul-Aziz va Fargʻona yallachi xotinlari ketma-ket maqomlar, yallalar, ashulalar aytadi. Choyxonada joy yetishmaydi” deb boshlagan yozuvchi kitobxonni nayrangboz savdogarlar, “qaldirgʻoch suratli konyak” ichayotgan boyvachchalar, kambagʻal kosib va dehqonlar, bozorda sangʻib yurgan daydi bolalar, hatto, jinnilar bilan tanishtiradi, ularning aqldan ozish sabablari hadida hikoya qida. Masalan, ulardan biriga jinnilik “hukumatdan tekkan”, shuning uchun Nikolay, Kaufman, Mochalov, Nabi kabi mirshablarni soʻkaveradi, deb taʼriflaydi.

Shum bolaning soʻzi orqali aytilayotgan va tushuntirilayotgan bunday voqealar oʻsha davrdagi xalq ahvolini koʻrsatishda ayricha qimmatga egadir. Adib qissa personajlari boʻlmish bolalarning ota-onasi kasb-korini bayon qilib, koʻpchiligi “bosmaxona va qandolatxona ishchilari edi”, deydi. Shuningdek, yozuvchi Shum bolaning oʻrtoqlariga, ularning ota-onalariga xos xususiyatlarga mahorat bilan chizgilar beradi. Eng muhimi, bu qissada bolalarning sayoq yurishi va oʻz boshlaridan har xil sarguzashtlar oʻtkazishining boisini ham ochib berib, Shum bolaning sarguzashtlari tarixiga hayotiy tus beradi. Yaʼni bunday zoʻraki sarguzashtlar zamirida ogʻir turmush sharoiti yotganligini mohirona koʻrsatadi. Yozuvchi oʻsha davrda shaharda ishsizlik avj olishi tufayli bolalar tugul kattalar ham qiynalganini taʼkidlaydi. Kitobxon shum bolalarni, “ertadan kech koʻcha-kuyda sandiroqlab yuradigan uvin-toʻda bekorchilar”ni koʻrgach, ularning uyni tashlab chiqib ketib, oʻz boshlaridan katta sarguzashtlar oʻtkazishiga sira shubha qilmaydi. Qissaning dastlabki nusxasida Shum bolaning uch-toʻrt doʻsti tilga olinsa-da, ulardan faqat Omongina keyingi, qayta ishlangan nusxaga kiritilgan. Shum bola ikkisi zohiran kulguli, botinan gʻussali boʻlgan hangomalarni boshdan oʻtkazishadi.

Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdiki, atoqli adib Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” qissasi, shunchaki, yengil-yelpi hangomalarga yoʻgʻrilgan asar emas. Uning zamirida yotgan achchiq haqiqat har bir oʻquvchini jiddiy oʻyga telliradi. Tegishli xulosalar chiqarishga undaydi
Diupdate pada
22 Des 2022

Keamanan Data

Keamanan dimulai dengan memahami cara developer mengumpulkan dan membagikan data Anda. Praktik privasi dan keamanan data dapat bervariasi berdasarkan penggunaan, wilayah, dan usia Anda. Developer memberikan informasi ini dan dapat memperbaruinya seiring waktu.
Tidak ada data yang dibagikan kepada pihak ketiga
Pelajari lebih lanjut cara developer menyatakan pembagian data
Tidak ada data yang dikumpulkan
Pelajari lebih lanjut cara developer menyatakan pengumpulan data