Nomus Va Qasos

Berisi iklan
5 rb+
Download
Rating konten
Semua Umur
Gambar screenshot
Gambar screenshot
Gambar screenshot
Gambar screenshot
Gambar screenshot
Gambar screenshot
Gambar screenshot

Tentang aplikasi ini

Tarjimondan

Mazkur qissalarning muallifi mashhur yozuvchilardan emas. Anda haqda adabiyot tarixi oz ma'lumotga ega. Asari ham nima uchundir qayta-qayta nashr etilmagan. Holbuki, muhabbatning og'ir sinovlari haqida hikoya qiluvchi bu qissa har qanday yosh yigit-qizning qalbini larzaga solishi aniq. Bu asarni men bundan o'ttiz olti yil muqaddam o'qigan edim. Kitobni harbiyda birga xizmat qilayotgan qofqazlik do'stlarim sovg'a qilishgan edi. Asarni tarjima qilish istagi o'shandayoq tug'ilgandi. Qoralama nushasini tayyorlab ham qo'ygan edim. Amunisi turli sabablar bilan ish oxiriga yetmagandi. Kaminaning muhabbat yoshi yillar suronida ortda qolib, xazonrezgi fasliga kelganda bu ikki asarni yana qo'lga olishga nima sabab bo'ldi? Ko'p uchrashuvlarda adabiyot muxlislari sevgi haqida asarlar kamligidan nolib, shu mavzuda ham biron narsa yozishimni iltimos qilishadi. Yoshlarning nolishida jon bor. Chindan ham chin sevgi va sadoqat haqidagi asarlar kam. Hozir yozilayotganlarida sayozlik mavjud. Men esam bu mavzuda yozishni istasam-da, ko'ngildagiday asar yaratishga ko'zim yetmaydi. Shu bois yoshligimda o'zimga qattiq ta'sir qilgan asar tarjimasini nihoyasiga yetkazishga jazm etdim. Nol, sevgi millat tanlamaydi. Sevgi fojiasi ham shunday.
Ikki og'iz so'z muallif haqida: Vladimir Ikskul 1860 yilda baron Yakov Ikskul oilasida tug'ilgan. Anda damlarda Estoniya yerlari rus podshohligiga qaram edi. Vladimir harbiy bilim yurtida o'qiydi. Rus armiyasida xizmat qiladi. 1906 yili Amerikaga safar qiladi. Kemada osetin chavandozlari bilan tanishib, do'stlashadi. Ularning hikoyalarini tinglaydi. Safardan qaytgach, yangi orttirgan do'starining taklifiga ko'ra, Qofqazga keladi. Shu yillari uning yozuvchilik faoliyati boshlanadi. Qofqaz xalqlari hayotidan ajoyib asarlar yaratadi. Uning asarlari musuh tilida yozilgan. Asosiy qo'lyozmalari ham Germaniya kutubxonalarida saqlanadi. Shunga qaramay, u o'sha davr adabiy muhitida “Qofqaz qo'shiqchisi” degan nomga sazovor bo'lgan. Asarni biz rus tilidagi kamyob nushasidan tarjima qildik. O'zbek o'quvchilari tushunishi oson bo'lsin uchun erkin uslubdan foydalandik. Qofqazliklar hayotidan hikoya qiluvchi bir qancha kitoblar o'qilgani, qofqazlik do'stlar suhbatlaridan bahramand bo'linganligi bu ishda qo'l keldi.

Tohir Malik
Diupdate pada
25 Sep 2025

Keamanan Data

Keamanan dimulai dengan memahami cara developer mengumpulkan dan membagikan data Anda. Praktik privasi dan keamanan data dapat bervariasi berdasarkan penggunaan, wilayah, dan usia Anda. Developer memberikan informasi ini dan dapat memperbaruinya seiring waktu.
Tidak ada data yang dibagikan kepada pihak ketiga
Pelajari lebih lanjut cara developer menyatakan pembagian data
Tidak ada data yang dikumpulkan
Pelajari lebih lanjut cara developer menyatakan pengumpulan data

Yang baru

Use the app in 2 languages

Adjust the text to any size you like
Enable dark mode
Change the text color
Change the background color of the text
Change the text style (font)
And many other features available