Tarixi Muhammadiy

Inniheldur auglýsingar
10 þ.+
Niðurhal
Efnisflokkun
Fyrir alla aldurshópa
Skjámynd
Skjámynd
Skjámynd
Skjámynd
Skjámynd
Skjámynd
Skjámynd
Skjámynd
Skjámynd

Um þetta forrit

Bilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi, xohi yosh,
xohi qari, mana shu tubandagi to‘rt narsaning tarixini bilishi albatta lozimdur.
I. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari.
II. Qur’oni karim tarixi.
III. Dini Islom tarixi.
IV. Ka'batulloh tarixi.
Shuning uchun, men faqir — Alixonto'ra Shokirxonto'ra o'g'li Sog'uniydurmankim,
bizlardin keyingi avlod nasllarimizga va ham boshqa turkiy tillik vatandosh, din
qarindoshlarimizga mendan yodgor bo‘lsin deb yuqoridagi to‘rt narsa tarixini har qandoq
kishi tushungudek qilib, ochiq turkiy tilida yozdim. Bu kitobga «Tarixi Muhammadiy» deb
ot qo‘ydim. Buni o‘qiguvchilar faqirni duolarida yod qilib qo‘yishlarini umid qilurman.
BUYUK USTOZ HAQIDA SO'Z
«Tarixi Muhammadiy» muallifi Alixonto‘ra Sog‘uniyni asrimizning ko‘plab ulamoi fozillari
o‘zlarining buyuk ustozlari deb biladilar. Zero, ul zoti bobarakoning serfayz va ta’sirchan
suhbatlaridan bir lahza bahramand bo‘lgan har bir tolibi sodiq yillar davomida o‘zga
ustozlardan olgan saboqlari yoki yuzlab mutolaa qilgan kitoblardan olgan
ma’lumotlaridan ham ziyodroq istifoda etar edi, desam mubolag‘a bo‘lmas. Kamína esa
bir lahza emas, Tangriga behad shukrlar aytamankim, ul ustozi kullning darsgo‘ylik
davralarida va fayzli suhbatlarida ko'p bo'lganman va ko'pdan-ko'p ilmiy ishtibohlarimni
so‘rab o‘ta qoniqarli javoblar olganman.
Hamon esimda, 1971 yili Marg‘ilon shahriga borganlarida bir ilmiy suhbatda hozirlarning
ko‘pchiligi tolibi ilmlar ekanini nazarda tutib, ahli majlisga Qur’oni karimdan Val-asr
surasini tafsir qilib bergan edilar. Sura eng qisqa suralardan bo‘lib, atigi uch oyat — ekki
satr bo‘lishiga qaramay ustoz roppa-rosa ikki soat tahlil etib, oyatlarning har bir kalima,
hatto harfi zimnidagi hikmati va nuqtalarini shunchalik hakimona sharxlar edilarki,
diqqat bilan some’ bo‘lib turgan ulamo va toliblar boshlariga qush qo‘ngandek sukut
saqlagan holda vujudlari quloq bo‘lib, har bir so‘zlarini uqib olishga va mag‘zini
chaqishga harakat qilar edilar.
Darhaqiqat, ustoz ilmu hikmatning bir-ikki sohasida emas, balki ilmi qiroat, tafsir, hadis,
fiqh, nahv, balog'at, mantiq, tib, tarix, siyrat, jug'rofiya, nazmu nasr va boshqa fanlar
bo‘yicha ham yetuk mutaxassis edilar.
Endi ushbu siyrati nabaviyya faniga mansub «Tarixi Muhammadiy» asari xususida skinka
biroz to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Islom tarixi va janob payg‘ambarimiz Muhammad alayhis-salotu vas-salomning hayotlari
va faoliyatlari to'g'risida hozirgacha arab, fors, turk va boshqa sharq va g'arb tillarida
juda ko‘plab asarlar yozilgan. Lekin Alixonto‘ra Sog‘uniyning ushbu asari ularning
xulosasi bo'lishi bilan birga, ma'lumotlarining ishonchli manbalardan olinganligi, har bir
tarixiy voqea bayonidan keyin muallifning unga nisbatan o‘z fikr-mulohazalarini ibratli
ravishda izhor etganlari va asarga imkoni boricha badiiylik kiritib har qanday kitobxonni
o‘ziga rom etishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.


Mening fikrimcha, asarni bir marta o'qib chiqishning o'zi kifoya qilmaydi, balki shu
muhim manbaga tez-tez murojaat qilib turish kerak. Tabiiyki, har safar yangi-yangi
tushunchalar kashf etilib, kitobxonda o‘zgacha taassurotlar hosil bo‘ladi. Til dæmis
kaminaning fikri emas. Asarni mutolaa qilib chiqqan ko‘pdan-ko‘p do‘stlarimiz skinka
ushbu gapni takrorlab turadilar. Ayniqsa, imom-xatiblar, ulamoi kiromlar va tolibi
ilmlarning har birlarida ushbu noyob asardan bo‘lishini tavsiya etardim. Núll, ekki
kunimizda Islom tarixi bo‘yicha o‘z ona tilimizda batafsil yozilgan bundan o‘zga asar
jó'q. Bundan tashqari bu fanga doir hefur qanday kitob uning o‘rnini bosa olmaydi. Xullas,
«Tarixiy Muhammadiy» kitobini hefur qancha ta’rif va tavsif qilinsa, kamlik qiladi. Yaxshisi,
asarning o'zini qunt bilan mutolaa qilib, uning serqirrali ma'lumotlaridan, fayzu futuhli
mazmunlaridan bahramand bo‘lgan kitobxongina bunday ta’riflarda mubolag‘a yo‘q
ekaniga to‘la ishonch hosil qiladi.
Uppfært
17. okt. 2025

Gagnaöryggi

Öryggi hefst með skilningi á því hvernig þróunaraðilar safna og deila gögnunum þínum. Persónuvernd gagna og öryggisráðstafanir geta verið breytilegar miðað við notkun, svæði og aldur notandans. Þetta eru upplýsingar frá þróunaraðilanum og viðkomandi kann að uppfæra þær með tímanum.
Engum gögnum deilt með þriðju aðilum
Nánar um yfirlýsingar þróunaraðila um deilingu gagna
Engum gögnum safnað
Nánar um yfirlýsingar þróunaraðila um gagnasöfnun

Nýjungar

Use the app in 2 languages

Adjust the text to any size you like
Enable dark mode
Change the text color
Change the background color of the text
Change the text style (font)
And many other features available