Mohir Panda

Acquisti in-app
10K+
Download
Classificazione dei contenuti
Per tutti
Immagine screenshot
Immagine screenshot
Immagine screenshot
Immagine screenshot
Immagine screenshot
Immagine screenshot
Immagine screenshot
Immagine screenshot
Immagine screenshot
Immagine screenshot
Immagine screenshot
Immagine screenshot
Immagine screenshot
Immagine screenshot
Immagine screenshot

Informazioni sul gioco

Mohir Panda bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim-tarbiyaviy o'yin!

O'rganish bu go'zal sarguzashtdir, unda har bir kashfiyot mo'jizalar olamida yashirin xazinani topishga o'xshaydi. O'yin ushbu sarguzashtda bolajonlarga yaqin do'st bo'ladi.

Biz taklif etadigan o'yinlar:

▪️ Matematika: bolajon matematika bilan fanlar olamiga sayohat qilsin, o'ynab o'rgansin!
▪️ Kompyuter savodxonligi: hozirgi texnologiya asrida kompyuter bilimlaridan xabardor bo‘lsin!
▪️ Atrof-muhit: yuzdan ortiq dunyo ajoyibotlarini biz bilan tanisin!
▪️ Tillar: dunyo tillaridan ingliz, rus va arab tillarini o‘rgansin!

O'yindagi panda personaji orqali farzandingiz ham o'ynab turli xil foydali bilimlarga ega bo'ladi.

Farzandingiz televizorga va telefondagi keraksiz oʻyinlarga bogʻlanib qolganmi? Vaqtini bekor o'tkazyaptimi? Va siz bundan xavotirdamisiz? Unday bo'lsa Mohir Panda siz uchun ideal tanlov. Bu o'yin orqali farzandingiz vaqtini samarali o'tkazishi bilan bir qatorda, barcha uchun zarur bo'lgan ko'paytirish jadvalini yod oladi, harflarni taniydi, boshlang'ich til koʻnikmalarini oshiradi va yuzdan ortiq dunyo ajoyibotlarini taniydi. Xullas, 3 va 10 yosh oraliqdagi bolalar uchun moʻljallangan ushbu o'yin, kichkintoyigizga unutilmas sayohatni va'da qiladi.

O'yinimiz davomida bolajonlarga ochiq elektr simlari hayot uchun xavf tug'dirishi, olovdan uzoqda boʻlish va albatta telefondan ortiqcha foydalanish koʻzlarimiz uchun zararli ekani koʻp marotaba uqtirilgan.

Hattoki Mohir Panda oʻyinini oʻzingiz ham farzandingizga qoʻshilib oʻynashingiz mukin. Bu orqali tillar boʻyicha bilimingizni mustahkamlab, yangi soʻzlarni yod olsangiz boʻladi. O'yinni sotib olib farzandingizni nafaqat yangi bilimlar bilan ta'minlaysiz balki, loyihani moliyaviy tarafdan qo'llab quvvatlagan va yanada foydali bo'lishida o'z hissangizni qo'shgan bo'lasiz.

Esingizda bo'lsin, bolalik - kashfiyot va o'rganishlar vaqti. Telefondan ortiqcha foydalanish esa ularni qimmatli daqiqalardan mahrum qilishi va salomatligiga zarar yetkazishi mukin. Shu sababdan bolajon o'ynashi mukin bo'lgan bir kunlik o'yin vaqti chegaralangan.

Farzandlarimiz - bizning dunyodagi eng bebaho boyligimizdir. Shu sabab, telefondan foydalanish ular uchun xavfsiz bo'lishi kerak. Biz ularni uzoq vaqt davomida ekran bilan bo'lishlarini tavsiya etmaymiz va siz, aziz ota-onalar, iltimos, farzandingiz muntazam ravishda telefondan tanaffus qilishiga va ko'z mashqlarini takrorlashlariga alohida e'tibor bering!
Ultimo aggiornamento
19 ott 2023

Sicurezza dei dati

Il primo passo verso la sicurezza è capire in che modo gli sviluppatori raccolgono e condividono i tuoi dati. Le misure di protezione della privacy e della sicurezza dei dati possono variare in base all'utilizzo, alla regione e all'età. Lo sviluppatore ha fornito queste informazioni e potrebbe aggiornarle nel tempo.
Nessun dato condiviso con terze parti
Scopri di più sulla modalità di condivisione dei dati dichiarata dagli sviluppatori
L'app potrebbe raccogliere questi tipi di dati
Attività dell'app, Informazioni e prestazioni dell'app e ID del dispositivo o altri ID
I dati vengono criptati in transito
Puoi richiedere l'eliminazione dei dati

Novità

Kichik kamchiliklar bartaraf etildi

Assistenza per le app

Info sullo sviluppatore
Abdurashidov Nurmuxammad Abdunabiyevich
mohirpanda@gmail.com
Toshkent viloyati qibray tumani E'zoz ko'chasi 4 14 100093, Tashkent Toshkent Uzbekistan
undefined