Ne-ne bahodirlarni yer tishlatgan、qanchadan-qancha kisrolarni yakson etgan、o‘limni mutloq unutgan qaysarlarning orzu-umidlarini yo‘kqa chiqargan zot — Ollohga hamd bo‘lsin。 Darhaqiqat、«dunyogaustunman»degansonsiz bahodirlarga、kisroyu qaysarlarga va’da haq bo’ldi。 Ollohularni tubsizchohgaqulatdi。 Bas、ular qasrlardan qabrlarga、nur balqqan beshiklardan qop-qorong‘u go‘rlarga ko‘chdilar、ayollar va bolalarni erkalash lazzatidan mahrum bo‘lib、hasharot va ochofat kurtlarga yem bo‘ldilar。
Taom va sharob ne’matidan kesilib、qarotuproqqaqorildilar。 Ulfatlarning huzurbaxsh bazmidan uzilib、dahshatli yolg‘izlik、so‘ngsiz bezovtalikichraqoldilar。
Aytingchi、dunyoda o‘limdan saqlaydigan biror qal’a yoki kuch bormi ?! Bor bo‘lsa、u bilan himoyalaning、qani、o‘zingizni o‘limdan to‘sib ko‘ring-chi!
«Bizulardanilgari ham ancha avlodnihalokqilganmiz。 Siz ulardan birortasini ko‘rurmisiz yoki ovozlarini eshiturmisiz?!» (Maryam surasi、98-oyat)。
Buyuklik va qudratda yagona bo‘lgan Olloh shirk va nuqsonkirlaridanpokdir。 U zot baqoning egasi、Undan o’zgasifanodir。 Boqiy zot foniylarga baxtatoetdi。 O’limni muttaqiylar uchun najot va uchrashuv va’dalashilganmanzilqildi。 Qabr esa badbaxtlar uchun zindon、to yaxshilik yomonlikdan ajraladigan jazo kunigacha tor xibsxona bo’ldi。
Barcha ne’matlarni ato qilguvchi-Olloh、so‘ngsiz qahr bilan intiqom oluvchihamOlloh。 Osmonlaru yerda U zotga shukrlar ko’p。 Avvalu oxir U zot uchun hamdlarga to‘la!
Ochiq mo‘jizalari bilan bani Odam ichra mumtoz janobi pang‘ambarimiz Muxammad alayhissalomga、uning ahli baytlari hamda ashobiga salovotu salomlar bo‘lsin!