Ushbu kitob ulug' imom, "Hujjatul-Islom" Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad Abu Homid Attusiy Al-G'azzoliyning Bayrutda nashr qilingan IV jildlik "Ihyou ulumid-din" ("Din ilmlarini jonlantirish")
អាសារីដាន តាន់ឡង់ឌី។
Kitobda tavba amali bilan bog'liq barcha holat-xususiyatlar Qur'on, hadis va solih
salaflarimizing so'zlari asosida batafsil yoritilgan ។
“Tavba kitobi”dan Islom tarixi, iymon asoslari va taqvo masalalariga qiziqqan keng kitobxonlar
ommasi foydalanishlari mumkin ។
TAVBA SABOG'I
Jamiki maxluqoti ichra insonni mukarram etib yaratgan, insonlar ichida bizni musulmonlar
jumlasidan qilgan Alloh taologa hamdlar bo'lsin!
Insonni jaholatdan ma'rifatg'a ។ zulmdan adolatga, halokatdan iajotga boshlagan hidoyat elchisi
Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga durud va salovotlar aytamiz ។
"Odam farzandlarining barchasi ko'p xato qilguvchidir. Xato qilguvchilarning yaxshisi tavba
qiluvchilaridir",- deb marhamat qiladi so'zlaguvchilarining eng rost-go'yi Rasululloh sallAllohu alayhi
វ៉ាសាឡាម។
Demak, xato qilish, adashish bandaga xos tabiat ។ Undan qochib qutilishning iloji yo'q.
Mavlono Jaloliddin Rumiy aytganlaridek:
Zindagi omad baroyi bandagi,
Zindagi bebandagi Sharmandagi ។
Ya'ni: "Tiriklik shubhasiz bandalikdur,
Bandaliksiz tiriklik sharmandalikdur"
Darhaqiqat, banda borki, gunohdan holi emas, muhimi, sodir etilgan xatoni tan olish, uni o'z
vaqtida tuzatish ។ Bu ish esa, faqat tavba bilangina amalga oshadi ។ សូន្យ, Qur'oni Karimda zikr etilgan
mavzularning barchasi jiddiy e'tiborga molik mavzulardir ។ "Tavba" aynan shunday markaziy
mavzulardan biri desak, yanglishmaymiz ។
Binobarin, Alloh Rasulining biz ummatlarga ko'rsatgan yo'li ham tavba yo'lidir ។ Hidoyat tavba
yo'lidan bosh-lanadi ។ Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning sa-hobalari ham, ulardan
so'nggilar va ulardan so'nggilar ham shu yo'ldan yurdilar. Agar tarixga nazar solsangiz, ulamo
ummatning butun hayoti tavba sabog'idan iborat ។
Hujjatul islom Abu Homid G'azzoliyning "Ihyou ulum-id-din" asaridan olingan ushbu kitob ham
tom ma'noda tavba sabog'idan dars beruvchi qo'llanmadir ។ Bu qo'llanma bizni tavba jarayoniga olib
kiradi, shu jarayon ichida biz tavba neligini, tavbasiz yashash mumkin emasligini, anglaymiz, nihoyat,
tavba qilishni o'rganamiz ។
បានដំឡើងកំណែនៅ
17 តុលា 2025