Otamdan Qolgan Dalalar

Yra skelbimų
10 tūkst.+
Atsisiuntimai
Turinio įvertinimas
Visiems
Ekrano kopijos vaizdas
Ekrano kopijos vaizdas
Ekrano kopijos vaizdas
Ekrano kopijos vaizdas
Ekrano kopijos vaizdas
Ekrano kopijos vaizdas
Ekrano kopijos vaizdas
Ekrano kopijos vaizdas

Apie šią programą

"Otamdan qolgan dalalar" - ramziy romėnų.

Muallif o’z romanida sobiq sho’rolar zamonida yashab, butun umri dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko’rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis o’zbek talión badqaldiholion badqltiholion i

Oʻzbek adabiyotshunoslarining tahlilicha Togʻay Murodning ilk romani „Otamdan qolgan dalalar“ oʻzbek milliy adabiyoti tarixida muhim hodisa boʻlgan. Asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi oʻzini, oʻzining hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan oʻtkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy odamlar turmushini oʻzgacha nigoh bilan anglash yoʻlini tutadi.

Mustabid tuzum sharoitida oddiy zahmatkash mehnat ahli ayni oʻsha noyob fazilatlari – toʻgʻrisoʻzligi, mehnatkashligi, halolligi, odob-andishasi tufayli xor boʻlayotganligini adib. Asarda ijtimoiy ruh — pafos keng koʻlam kasb etadi. Romėnų markazida Dehqonqul taqdiri turadi. Asar voqealari hayoti, taqdir-qismati, ruhiy dunyosi, ona-yer, kindik qoni toʻkilgan muqaddas tuproq bilan mustahkam bogʻliq, oʻzbekning ramzi degulik mehnatkash inson – bosh qahramon Dehqonqullab.

Dehqonqul obrazi – oʻzbek adabiyotida badiiy kashfiyot hisoblanadi. Dehqonqul sovet davri adabiyotida zavq-shavq bilan qalamga olingan mehnat qahramonlariga parodiya tariqasida yaratilgan. U totalitar tuzum, qizil imperiya siyosati tarbiyalab yetishtirgan „mehnat kishisi“, „yangi inson“ timsoli, mustabid hokimiyat munofiqona mafkurasining tirik quurboni. Dehqonqul shoʻrolar hukumatining deyarli tengdoshi. Yozuvchi qahramon taqdiri orqali davrni, „sotsialistik jamiyat tarixini ifodalash“ni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻymaydi.

Sovet hokimiyati yillarining „muhim pallalari“ atayin chetlab oʻtiladi, fuqarolar urushi yillarida aqlini tanigan bola 60-yillarda ham bolaligicha qolaveradi. Bu hol aslo „mantiqsizlik“ boʻlib tuyulmaydi. Yozuvchini birinchi galda Dehqonqulni qul, mute qilib shakllantirgan hayotiy omillar qiziqtiradi.

Asarda bosh qahramon Dehqonqul oʻzbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning oʻgʻli Aqrab va uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali oʻzbek xalqi hayoting fojiali qirralarini yoritib berilgan. Bolalikdan qullik, zulmga koʻnikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, moʻl hosil berishigina saodat.

Dehqonqul shu tashvishlar bilan band boʻlib oilasiga, farzandlariga ham eʼtibor bermaydi. Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambagʻalligiga koʻnadi. Siyosatdan yiroq boʻlgan boʻlsa-da, asar yakunida „Paxta ishi“ sababli qamaladi. Shuncha yil qul boʻlib yashagan Dehqonqulning koʻzi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana oʻshanda anglaydi.

Togʻay Murod ushbu romani haqida shunday fikr bildirgan: „Men bu asarim bilan oʻzbek xalqiga haykal qoʻyaman“!
Atnaujinta
2025-08-15

Duomenų sauga

Norint užtikrinti saugą pirmiausia reikia suprasti, kaip kūrėjai renka ir bendrina jūsų duomenis. Duomenų privatumo ir saugos praktika gali skirtis, atsižvelgiant į jūsų naudojimą, regioną ir amžių. Kūrėjas pateikė šią informaciją ir gali atnaujinti per laiką.
Jokie duomenys nėra bendrinami su trečiosiomis šalimis
Sužinokite daugiau, kaip kūrėjai apibrėžia bendrinimą
Ši programa gali rinkti šių tipų duomenis
Įrenginio arba kiti ID
Perduodami duomenys šifruojami

Kas naujo

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.