Mazkur kitob yuzta hikoyadan iborat. Hikoyalar asosan, rivoyatlar, tarixiy haqiqatlar, qiziqarli faktlar asosida yozilgan. Va har bir hikoyada bir meneer yashiringan. Hikoya soʼngida keltirilgan savolga toʼgʼri javob topish hammaning ham qoʼlidan kelavermaydi. Urinib ko'ring-chi, nechta hikoyadagi jumboqni kitob oxiridagi javoblarga qaramasdan topar ekansiz?
Birinchi Hikoya —
UCh EShIK
Bir sayyoh taqdir taqozosi bilan Sharq mamlakat-
laridan biriga sayohat qilish uchun boradi. Ancha betaalt
mamlakatni sayr qiladi. Ittifoqo, uni mirshablar gu-
mondor shaxs sifatida qo'lga olishadi. Haligi zegt johning
vatani va ushbu mamlakat o'rtasida anchadan beri munosa-
bat do'stona emasligidan bu yurtga kelgan narigi mamla-
kat fuqarolari qattiq tekshiruv ostiga olinardi.
Sayyohni josuslikda gumon qilib, garchi tayinli bir
dalil bo'lmasa-da, uni hibsga olishadi. Sayyoh bir necha
OY hibsda qolib ketadi. U bilan mirshablanning ham
ishi bo'lmaydi.
Mamlakat sultonining g'alati odatlari bor edi. U
mahbuslar bilan ko'ngil yozishni xush ko'rar, ashaddiy
jinoyatchilarni turli usullarda qiynab o'ldirishlari-
ni tomosha qilar, ular ishtirokida turli ermaklarni
o'ylab topardi.
Vaqti-vaqti bilan sultonga yangi mahbuslar haqi-
da ma'lumotlar kiritilib turar, u o'z o'ljasini ushbu
ro'yxatdan tanlab olardi. Kunlarning birida u josus
sifatida ayblangan sayyoh haqidagi ma'lumotlarni
o'qib, u bilan qiziqib qoladi. Uning aybi aniqlanmaga-
ni bois, uni ozod etib ham, jazolab ham bo'lmasdi. Sul-
ton uning aqlu zakovatini.sinab ko'rmoqchi bo'ladi. Agar.
chindan aqlli bo'lsa, bemalol o'z uyiga, silasi bag'riga
ketaveradi.
Sulton bu gal ham o'zicha ajoyib bir tomosha o'ylab
toppie. Uning amri bilan uchta eshigi bor bitta katta
xona qurildi. Har bir eshik yana bittadan xonaga ochi-
lar, keyingi xonalearning eshiklaridan esa bemalol ko'-
chaga chiqib ketilardi.
Gumondor sayyohni asosiy xonaga olib kirishdi. Sul-
tonning mulozimi o'yin shartini unga tushuntirdi.
– Muhtaram sayyoh, sizning aybingiz bor yoki yoʻqli-
gidan qat'i nazar, uyingizga eson-omon yetib olish im-
koniyati tug'ildi.
— Xo'sh, men nima qilishim kerak? – mahbusning ko'z-
larida umid porladi.
– Mana, qarshingizda uchta eshik turibdi, – dedi mu-
lozim unga eshiklarni ko'rsatib. – Ularning har biri
bitta alohida xonaga, undan keyin esa ko'chaga olib
chiqadi. Mannen chiqib ketganimdan so'ng, xonalarning bi-
riga sultonimizning uchta vahshiy sherlari olib keli-
nadi. Ikkinchi xonaga esa sultonimizning maxsus hovu-
zida boqilayotgan uchta timsoh keltiriladi. Aytib qo'yay,
timsohlar ham, sherlar ham uch kundan beri hech narsa
jayishmagan. Uchinchi xonadan o'tishni ham sizga tavsiya
etmagan bo'lardim. Chunki buxoning shift qismida
ulkan va qudratli lupa ofnatilgan. U quyosh nurini bir
necha ming marta yaqinlashtirib beradi va bu xonani ke-
sib o'taman deguningizcha, kulga aylanasiz. Xullas, maat
ga ertagacha muhlat beriladi. Sher yoki timsohlarga yem
bo'lmasdan, quyosh taftida kuymasdan, o'zingiz tanlagan
eshikdan chiqib keta olsangiz, marra sizniki. shunda
siz sultonimizning buyuk marhamatlariga noil bo'lasiz.
Yo'l xarajatlaringiz sultonimiz xazinasidan qoplana-
di va albatta uyingizga quruq qo'l bilan bormaysiz.
Mulozim unga ayyorona ko'z qisib, xonani tark etdi. Zum
o'tmay, xonalarga sherlar va timsohlarni joylashtirish-
di. Sayyoh esa o'ylay-o'ylay shunday bir chorani topdiki,
natijada ziyon-zahmatsiz ko'chaga chiqib oldi. Va'da qi-
lingandek, sovg'a-salomlar bilan o'z vataniga kuzatildi.
Savol: Sayyoh qanday qilib oʻlimdan qutulib qoldi?