Qiyomat

Bevat advertenties
5K+
Downloads
Contentclassificatie
Iedereen
Screenshotafbeelding
Screenshotafbeelding
Screenshotafbeelding
Screenshotafbeelding
Screenshotafbeelding
Screenshotafbeelding
Screenshotafbeelding
Screenshotafbeelding
Screenshotafbeelding

Over deze app

Hali maktabda o'qib yurgan davrlarim, qish kechalarining biri edi. Kechki ovqatdan keyin men uy vazifalarimni tayyorlashga, dadam esa har kungi odatini kanda qilmay kitob o'qishga kirishdi. Birdan chiroq o'chdi. Oyim sham yoqdi, men chiroq yongach darslarimni davom ettirishga qaror qildim, ammo dadam hech narsaga parvo qilmay sham yorug'ida mutolaani davom ettirardi. Dadam o'qishga shunchalik berilib ketgan ediki, go'yo hozir yonimizda emas, o'sha asar voqeligiga singib ketganday edi. Ora-sira mutolaani to'xtatar, chuqur o'yga tolar, nimagadir kuyunganday bosh chayqab qo'yar va yana o'qishda davom etardi. Buni chetdan kuzatib turgan menga dadamning sham yorug'idagi o'ychan holati qanchalik zalvorli ko'ringan bo'lsa, u o'qiyotgan kitob ham shunchalik qiziq tuyuldi. Bu so‘nggi yuz yillikning eng mashhur yozuvchilaridan biri – Chingiz Aytmatovning “Qiyomat”romani edi. Uyimizdagi kutubxonadan joy olgan bu kitobning dadamdan keyingi o'quvchisi men bo'ldim.

Asar haqida

So'nggi yuz yillikning dunyoga mashhur yozuvchilaridan biri, qardosh qirg'iz adabiyotining yetakchi namoyandasi Chingiz Aytmatovning "Qiyomat" ("Kunda") romani ilk marotaba 1986-yilda rus tilida nashr etilgan. Biroz o'tib, rus tilidan qirg'izchaga tarjima qilingan. Roman avval o'zbekchaga "Kunda" nomi bilan tarjima qilinib, 1988-yilda "Sharq yulduzi" jurnalining 8, 9, 10-sonlarida e'lon qilingan.

Chingiz Aytmatovning "Qiyomat" romanida ezgulik va oliyjanoblikning, yaxshilik va to'g'rilikning, adolat va haqgo'ylikning, Qiyomat qoyim darajasiga tushayotgan holatlari tabiat, jamiyat, inson va iymon muammolarini aks ettirish orqali ko'rsatiladi. Romanda bir-biri bilan mohirona bog'langan va ayni paytda umuman boshqa-boshqa zamon va makonda yuz beradigan voqealarning har birini soatlab tahlil qilish mumkin. Men esa romanning siz o'qishingiz mumkin bo'lgan boshqa tahlillarda tilga olinmagan jihatlarini yoritishga harakat qildim.


Roman uch bo'lim va to'rt asosiy syujet voqeliklaridan tashkil topgan. Birinchi hikoya liniyasida bo'rilar Akbara va Toshchaynar, ikkinchisida diniy seminariyadan ketgan Avdiy Kallistratov, uchinchisi Hazrat Iso van nihoyat to'rtinchisi halol va mehnatkash cho'pon Boston bilan bog'langan. Asarning boshlanishi urg'ochi bo'ri Akbara nuqtai nazaridan, keyinroq Avdiy, oxiri ham Akbara, ham Bo'stonning qarashlari shaklida hikoya qilinadi.
Geüpdatet op
17 okt 2025

Veiligheid van gegevens

Veiligheid van gegevens begint met inzicht in de manier waarop ontwikkelaars je gegevens verzamelen en delen. Procedures voor gegevensprivacy en beveiliging kunnen variëren op basis van je gebruik, regio en leeftijd. De ontwikkelaar heeft deze informatie aangeleverd en kan die in de loop van de tijd updaten.
Geen gegevens gedeeld met derden
Meer informatie over hoe ontwikkelaars aangeven welke gegevens ze delen
Deze app kan deze typen gegevens verzamelen
Apparaat- of andere ID's
Gegevens worden tijdens de overdracht versleuteld

Wat is er nieuw

Use the app in 2 languages

Adjust the text to any size you like
Enable dark mode
Change the text color
Change the background color of the text
Change the text style (font)
And many other features available