So'zboshi
Ko’hna davrlarning insonlari bilan o’zimizni solishtirsak, maqtashga arzigulik hech
narsamiz yo'qligiga guvoh bo'lamiz.
Ulardan ortiqroq o'ldiryapmiz!
Ulardan ko’proq janjal ko’taryapmiz!
Ulardan ancha qoloqmiz!
Boshqa dinlarning vakillari, yaʼni butun dunyo bilan aslida qarindoshmiz. Barimiz
jak insoning avlodlarimiz. Shunday ekan, qaysi dinga eʼtiqod qilishimizdan
qatʼi nazar, bir -birimizga tuhmat toshlarini otmasligimiz, bir -birimizga gʻov
boʻlmasligimiz, boshqalarning yashash huquqini cheklamasligimiz darkor.
Bir xalqning uch-toʻrt vakili xatoga yoʻl qoʻysa va bu xatoning badali butun boshli
xalqdan soʻraladigan boʻlsa, insoniylikdan ogʻiz ochish mumkinmi?..
Boshqa dilarning vakillari bilan bir ota-onadan tarqalganmiz. Bir-birimizni
oʻz dinlarimizga chaqirishimiz mumkin, biroq bu chaqiriq javobsiz qolsa, bir -
birimizni shundoqligimizcha qabul qilishga majburmiz.
Bu kitobni oʻqib bitirmay turib u haqida fikr bildirish uchun yo noxolis, yoki johil
bo'lish kerak...
* * *
Bizga qilingan haqoratlar uchun o'ch olishni o'ylamay, qiziquvchilarga foydasi tegar
degan ilinjda „Nasroniy atirguli”ni qalamga oldim.
Baʼzi do'stlarim o'qib ko'rishdi, „Bu roman mavzu nuqtai nazaridan yangilik
boʻlibdi”, – deya fikr bildirishdi. Buni ezgu tilak sifatida qabul qilib,
doʻstlarimga tashakkur izhor etaman.
Ostatnia aktualizacja
24 lis 2025
Książki i materiały źródłowe