Otamdan Qolgan Dalalar

Zawiera reklamy
10 tys.+
Pobrania
Ocena treści
Dla wszystkich
Zrzut ekranu
Zrzut ekranu
Zrzut ekranu
Zrzut ekranu
Zrzut ekranu
Zrzut ekranu
Zrzut ekranu
Zrzut ekranu

Informacje o aplikacji

"Otamdan qolgan dalalar" - Ramziy Roman.

Muallif o'z romanida sobiq sho'rolar zamonida yashab, butun umri dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko'rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis o'zbek xalqi siymosini Dehqonqul timsolida badiiy talqin etadi

Oʻzbek adabiyotshunoslarining tahlilicha Togʻay Murodning ilk romani „Otamdan qolgan dalalar“ oʻzbek milliy adabiyoti tarixida muhim hodisa boʻlgan. Asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi o'zini, o'zining hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan o'tkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy odamlar turmushini o'zgacha nigoh bilan anglash yo'lini tutadi.

Mustabid tuzum sharoitida oddiy zahmatkash mehnat ahli ayni oʻsha noyob fazilatlari — toʻgʻrisoʻzligi, mehnatkashligi, halolligi, odob-andishasi tufayli xor boʻlayotganligini adib chuqur alam-iztirob, nadomatlar bilan tasvirlaydi. Asarda ijtimoiy ruh — pafos keng ko'lam kasb etadi. Roman markazida Dehqonqul taqdiri turadi. Asar voqealari hayoti, taqdir-qismati, ruhiy dunyosi, ona-yer, kindik qoni to'kilgan muqaddas tuproq bilan mustahkam bog'liq, o'zbekning ramzi degulik mehnatkash inson - bosh qahramon Dehqonqul tilidan so'zlab beriladi.

Dehqonqul obrazi — oʻzbek adabiyotida badiiy kashfiyot hisoblanadi. Dehqonqul sovet davri adabiyotida zavq-shavq bilan qalamga olingan mehnat qahramonlariga parodiya tariqasida yaratilgan. U totalitar tuzum, qizil imperiya siyosati tarbiyalab yetishtirgan „mehnat kishisi”, „yangi inson” timsoli, mustabid hokimiyat munofiqona mafkurasining tirik qurboni. Dehqonqul sho'rolar hukumatining deyarli tengdoshi. Yozuvchi qahramon taqdiri orqali davrni, „sotsialistik jamiyat tarixini ifodalash” ni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻymaydi.

Sovet hokimiyati yillarining „muhim pallalari” atayin chetlab oʻtiladi, fuqarolar urushi yillarida aqlini tanigan bola 60-yillarda szynka bolaligicha qolaveradi. Bu hol również „mantiqsizlik” boʻlib tuyulmaydi. Yozuvchini birinchi galda Dehqonqulni qul, wyciszenie qilib shakllantirgan hayotiy omillar qiziqtiradi.

Asarda bosh qahramon Dehqonqul oʻzbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning oʻgʻli Aqrab va uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali oʻzbek xalqi hayotining fojiali qirralarini yoritib berilgan. Bolalikdan qullik, zulmga ko'nikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, moʻl hosil berishigina saodat.

Dehqonqul shu tashvishlar bilan zespół bo'lib oilasiga, farzandlariga szynka e'tibor bermaydi. Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambag'alligiga ko'nadi. Siyosatdan yiroq bo'lgan bo'lsa-da, asar yakunida „Paxta ishi” sababli qamaladi. Shuncha yil qul bo'lib yashagan Dehqonqulning ko'zi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana oʻshanda anglaydi.

Togʻay Murod ushbu romani haqida shunday fikr bildirgan: „Men bu asarim bilan oʻzbek xalqiga haykal qoʻyaman”!
Ostatnia aktualizacja
15 sie 2025

Bezpieczeństwo danych

Podstawą bezpieczeństwa jest wiedza o tym, jak deweloperzy zbierają i udostępniają Twoje dane. Praktyki w zakresie zapewniania prywatności i bezpieczeństwa danych mogą się różnić w zależności od sposobu korzystania z aplikacji, regionu i wieku użytkownika. Te informacje podał deweloper i z czasem może je aktualizować.
Żadne dane nie są udostępniane innym firmom
Dowiedz się więcej o deklarowaniu udostępniania danych przez deweloperów
Ta aplikacja może zbierać te rodzaje danych
Identyfikatory urządzenia i inne
Dane są zaszyfrowane podczas przesyłania

Co nowego

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.