Shum Bola: Milliy O'yin

Contém anúncios
50 mil+
Downloads
Classificação do conteúdo
Todos
Imagem da captura de tela
Imagem da captura de tela
Imagem da captura de tela
Imagem da captura de tela
Imagem da captura de tela
Imagem da captura de tela

Sobre este jogo

Xalqimizning ardoqli adibi Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub boʻlmish “Shum bola” qissasini ayrimlar soddagina, faqat kulguli sarguzashtlardan iborat asar hisoblaydi. Aslida presunto shundaymi

“Shum bola” qissasi dastlab “Mushtum” jurnalida bosildi, soʻngra “Dovdirash” nomi bilan kitobcha holida nashr etilgan boʻldi.

Asarning dastlabki nashrlarida Achchiobod, Koʻkterak degan nomlar uchrasa-da, voqealarning qachon va qayerda boʻlib oʻtgani nomaʼlum edi. Asar boshida Soli, Toʻlagan degan bolalar tilga olinsa-da, keyin ular shu boʻyicha tushib qolar va Omon bilan Shum bolaning uchrashishlari tasodifiy roʻy berardi. Har holda asar umumiy oʻtmish haqidagi “choʻpchak” kabi taassurot uygʻotardi. “Bu falokatli ishni Yoʻldosh boshladi” degan gap bilan ekspozitsiyasiz boshlangan asarni konkret zamon va makon bilan bogʻlash qiyin edi. Keyin qayta ishlangan varianteda esa asosiy voqealar kechadigan joy koloriti va qahramonlar xarakterini shakllantiruvchi shart-sharoitlar tasvirlanadi. Bu yerda birinchi jahon urushi arafasidagi Toshkentning ijtimoiy qiyofasi chiziladi; shahar xalqining mashgʻuloti, ularning oʻzaro munosabati, ongi, tushunchasi, boylar va kambagʻallarning, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini xarakterlovchi belgi-koloritlar beriladi.

“Rastalar obod. Qaymoq bozorining burilishida, mahkamaning boshida, Ilhom samovarchining kattakon choyxonasi boʻlib, unda grammafon chalinadi. Turli plastinkalar orqali Toʻychi hofiz, Hamroqul qori, Hoji Abdul-Aziz va Fargʻona yallachi xotinlari ketma-ket maqomlar, yallalar, ashulalar aytadi. Choyxonada joy yetishmaydi” deb boshlagan yozuvchi kitobxonni nayrangboz savdogarlar, “qaldirgʻoch suratli konyak” ichayotgan boyvachchalar, kambagʻal kosib va dehqonlar, bozorda sangʻib yurgan daydi bolalar, hatto, jinnilar bilan tanishtiradi, ularning aqldan ozish sabablayari haqdi. Masalan, ulardan biriga jinnilik “hukumatdan tekkan”, shuning uchun Nikolay, Kaufman, Mochalov, Nabi kabi mirshablarni soʻkaveradi, deb taʼriflaydi.

Shum bolaning soʻzi orqali aytilayotgan va tushuntirilayotgan bunday voqealar oʻsha davrdagi xalq ahvolini koʻrsatishda ayricha qimmatga egadir. Adib qissa personajlari boʻlmish bolalarning ota-onasi kasb-korini bayon qilib, koʻpchiligi “bosmaxona va qandolatxona ishchilari edi”, deydi. Shuningdek, yozuvchi Shum bolaning oʻrtoqlariga, ularning ota-onalariga xos xususiyatlarga mahorat bilan chizgilar beradi. Eng muhimi, bu qissada bolalarning sayoq yurishi va oʻz boshlaridan har xil sarguzashtlar oʻtkazishining boisini ham ochib berib, Shum bolaning sarguzashtlari tarixiga hayotiy tus beradi. Yaʼni bunday zoʻraki sarguzashtlar zamirida ogʻir turmush sharoiti yotganligini mohirona koʻrstadi. Yozuvchi oʻsha davrda shaharda ishsizlik avj olishi tufayli bolalar tugul kattalar ham qiynalganini taʼkidlaydi. Kitobxon shum bolalarni, “ertadan kech koʻcha-kuyda sandiroqlab yuradigan uvin-toʻda bekorchilar”ni koʻrgach, ularning uyni tashlab chiqib ketib, oʻz boshlaridan katta sarguzashtlar oʻtkazishiga sira shubha qilmaydi. Qissaning dastlabki nusxasida Shum bolaning uch-toʻrt doʻsti tilga olinsa-da, ulardan faqat Omongina keyingi, qayta ishlangan nusxaga kiritilgan. Shum bola ikkisi zohiran kulguli, botinan gʻussali boʻlgan hangomalarni boshdan oʻtkazishadi.

Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdiki, atoqli adib Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” qissasi, shunchaki, yengil-yelpi hangomalarga yoʻgʻrilgan asar emas. Uning zamirida yotgan achchiq haqiqat har bir oʻquvchini jiddiy oʻyga toldiradi. Tegishli xulosalar chiqarishga undaydi
Atualizado em
22 de dez. de 2022

Segurança dos dados

Sua segurança começa com o entendimento de como os desenvolvedores coletam e compartilham seus dados. As práticas de segurança e privacidade de dados podem variar de acordo com o uso, a região e a idade. O desenvolvedor forneceu as informações a seguir, que podem ser atualizadas ao longo do tempo.
Os dados não são compartilhados com terceiros
Saiba mais sobre como os desenvolvedores declaram o compartilhamento
Nenhum dado foi coletado
Saiba mais sobre como os desenvolvedores declaram a coleta