Qiyomat

Vsebuje oglase
5 tis.+
Prenosi
Kategorija vsebine
Primerno za vse
Slika posnetka zaslona
Slika posnetka zaslona
Slika posnetka zaslona
Slika posnetka zaslona
Slika posnetka zaslona
Slika posnetka zaslona
Slika posnetka zaslona
Slika posnetka zaslona
Slika posnetka zaslona

O tej aplikaciji

Hali maktabda o‘qib yurgan davrlarim, qish kechalarining biri edi. Kechki ovqatdan keyin men uy vazifalarimni tayyorlashga, dadam esa har kungi odatini kanda qilmay kitob o‘qishga kirishdi. Birdan chiroq o‘chdi. Oyim sham yoqdi, men chiroq yongach darslarimni davom ettirishga qaror qildim, ammo dadam hech narsaga parvo qilmay sham yorug‘ida mutolaani davom ettirardi. Dadam o‘qishga shunchalik berilib ketgan ediki, go‘yo hozir yonimizda emas, o‘sha asar voqeligiga singib ketganday edi. Ora-sira mutolaani to‘xtatar, chuqur o‘yga tolar, nimagadir kuyunganday bosh chayqab qo‘yar va yana o‘qishda davom etardi. Buni chetdan kuzatib turgan menga dadamning sham yorug‘idagi o‘ychan holati qanchalik zalvorli ko‘ringan bo‘lsa, u o‘qiyotgan kitob ham shunchalik qiziq tuyuldi. Bu so‘nggi yuz yillikning eng mashhur yozuvchilaridan biri – Chingiz Aytmatovning “Qiyomat”romani edi. Uyimizdagi kutubxonadan joy olgan bu kitobning dadamdan keyingi o‘quvchisi men bo‘ldim.

Asar haqida

So‘nggi yuz yillikning dunyoga mashhur yozuvchilaridan biri, qardosh qirg‘iz adabiyotining yetakchi namoyandasi Chingiz Aytmatovning »Qiyomat« (»Kunda«) romani ilk marotaba 1986-yilda rus tilida nashr etilgan. Biroz o‘tib, rus tilidan qirg‘izchaga tarjima qilingan. Roman avval o‘zbekchaga »Kunda« ime bilan tarjima qilinib, 1988-yilda »Sharq yulduzi« jurnalining 8, 9, 10-sonlarida e’lon qilingan.

Chingiz Aytmatovning »Qiyomat« romanida ezgulik va oliyjanoblikning, yaxshilik va to‘g‘rilikning, adolat va haqgo‘ylikning, Qiyomat qoyim darajasiga tushayotgan holatlari tabiat, jamiyat, inson va iymon muammolarini aks ettirish orqali ko‘rsatiladi. Romanda bir-biri bilan mohirona bog‘langan va ayni paytda umuman boshqa-boshqa zamon va makonda yuz beradigan voqealarning har birini soatlab tahlil qilish mumkin. Men esa romanning siz o‘qishingiz mumkin bo‘lgan boshqa tahlillarda tilga olinmagan jihatlarini yoritishga harakat qildim.


Roman uch bo‘lim va to‘rt asosiy syujet voqeliklaridan tashkil topgan. Birinchi hikoya liniyasida bo‘rilar Akbara va Toshchaynar, ikkinchisida diniy seminariyadan ketgan Avdiy Kallistratov, uchinchisi Hazrat Iso va nihoyat to‘rtinchisi halol va mehnatkash cho‘pon Bo‘ston bilan bog‘langan. Asarning boshlanishi urg‘ochi bo‘ri Akbara nuqtai nazaridan, keyinroq Avdiy, oxiri ham Akbara, ham Bo‘stonning qarashlari shaklida hikoya qilinadi.
Posodobljeno dne
17. okt. 2025

Varnost podatkov

Razumevanje, kako razvijalci zbirajo in razkrivajo vaše podatke, je prvi korak do varnosti. Varovanje podatkov in zagotavljanje varnosti podatkov se morda razlikujeta glede na vašo uporabo, območje in starost. Razvijalec je zagotovil te podatke in jih bo sčasoma morda posodobil.
Podatki se ne razkrivajo drugim ponudnikom
Preberite več o tem, kako razvijalci najavijo deljenje.
Ta aplikacija lahko zbira te vrste podatkov.
ID naprave ali drugi ID-ji
Podatki so šifrirani med prenosom

Novosti

Use the app in 2 languages

Adjust the text to any size you like
Enable dark mode
Change the text color
Change the background color of the text
Change the text style (font)
And many other features available