Otamdan Qolgan Dalalar

Ina matangazo
elfu 10+
Vipakuliwa
Daraja la maudhui
Kila mtu
Picha ya skrini
Picha ya skrini
Picha ya skrini
Picha ya skrini
Picha ya skrini
Picha ya skrini
Picha ya skrini
Picha ya skrini

Kuhusu programu hii

"Otamdan qolgan dalalar"- ramziy roman.

Muallif o‘z romanida sobiq sho‘rolar zamonida yashab, butun umri dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko‘rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis o‘zbek xalqi siymosini Dehqonquidii

Oʻzbek adabiyotshunoslarining tahlilicha Togʻay Murodning ilk romani "Otamdan qolgan dalalar" oʻzbek milliy adabiyoti tarixida muhim hodisa boʻlgan. Asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi oʻzini, oʻzining hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan oʻtkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy odamlar turmushini oʻzgacha nigoh bilan anglash yoʻlini tutadi.

Mustabid tuzum sharoitida oddiy zahmatkash mehnat ahli ayni oʻsha noyob fazilatlari - toʻg`risoʻzligi, mehnatkashligi, halolligi, odob-andishasi tufayli xor boʻlayotganligini adib chuqur ablam-tadilay nasdomati adib chuqur ablam tadilay. Asarda ijtimoiy ruh — pafos keng koʻlam kasb etadi. Roman markazida Dehqonqul taqdiri turadi. Asar voqealari hayoti, taqdir-qismati, ruhiy dunyosi, ona-yer, kindik qoni toʻkilgan muqaddas tuproq bilan mustahkam bogʻliq, oʻzbekning ramzi degulik mehnatkash inson - bosh qahramon Dehqonqul tilidan soʻzlab.

Dehqonqul obrazi - oʻzbek adabiyotida badiiy kashfiyot hisoblanadi. Dehqonqul sovet davri adabiyotida zavq-shavq bilan qalamga olingan mehnat qahramonlariga parodiya tariqasida yaratilgan. U totalitar tuzum, qizil imperiya siyosati tarbiyalab yetishtirgan „mehnat kishisi“, „yangi inson“ timsoli, mustabid hokimiyat munofiqona mafkurasining tirik qurboni. Dehqonqul shoʻrolar hukumatining deyarli tengdoshi. Yozuvchi qahramon taqdiri orqali davrni, „sotsialistik jamiyat tarixini ifodalash“ni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻymaydi.

Sovet hokimiyati yillarining „muhim pallalari“ atayn chetlab oʻtiladi, fuqarolar urushi yillarida aqlini tanigan bola 60-yillarda ham bolaligicha qolaveradi. Bu hol aslo "mantiqsizlik" boʻlib tuyulmaydi. Yozuvchini birinchi galda Dehqonqulni qul, bubu qilib shakllantirgan hayotiy omillar qiziqtiradi.

Asarda bosh qahramon Dehqonqul oʻzbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning oʻgʻli Aqrab na uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali oʻzbek xalqi hayotining fojiali qirralarini yoritib berilgan. Bolalikdan qullik, zulmga koʻnikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, moʻl hosil berishigina saodat.

Dehqonqul shu tashvishlar bilan band boʻlib oilasiga, farzandlariga ham eʼtibor bermaydi. Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambagʻalligiga koʻnadi. Siyosatdan yiroq boʻlgan boʻlsa-da, asar yakunida „Paxta ishi“ sababli qamaladi. Shuncha yil qul boʻlib yashagan Dehqonqulning koʻzi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana oʻshanda anglaydi.

Togʻay Murod ushbu romani haqida shunday fikr bildirgan: "Wanaume bu asarim bilan oʻzbek xalqiga haykal qoʻyaman"!
Ilisasishwa tarehe
15 Ago 2025

Usalama wa data

Usalama huanza kwa kuelewa jinsi wasanidi programu wanavyokusanya na kushiriki data yako. Faragha ya data na mbinu za usalama zinaweza kutofautiana kulingana na matumizi yako, eneo ulilopo na umri wako. Msanidi programu ametoa maelezo haya na anaweza kuyasasisha kadiri muda unavyopita.
Hakuna data inayoshirikiwa na wengine
Pata maelezo zaidi kuhusu jinsi wasanidi programu wanavyobainisha kushiriki data
Programu hii huenda ikakusanya aina hizi za data
Kifaa au vitambulisho vingine
Data inasimbwa kwa njia fiche inapotumwa

Vipengele vipya

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.