อัสสลามูอาลัยกุม.
ช. Aytmatovning "Oq kema" nomli ushbu qissasi nafaqat turkiy xalqlarning, balki butun dunyo kitobxonlari tomonidan sevib o‘qiladi.
Asarning asosiy qahramoni Mo‘min cholning tabiatida ajdodlar tomonidan avlodlarga meros qoldirilgan urf- odatlarning qadrlanishi bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo‘qotmagan. Chunki har bir xalq o'zining mavjudligini faqatgina o'ziga xos urf-odatlar bilan isbotlay oladi. Asarning yana bir qahramoni - bola timsolida esa ezgulikka intilish, dunyoni faqat ezgulik orqali ko‘rish kabi fazilatlar mavjud. Shuningdek, asarda hozirgi vaqtda ham uchrab turadigan bir qancha muammolar: oila notinchligi, farzandsizlik, ekologik muammolar badiiy usulda yortilgan. Bunday muammolarni yechimini esa kitobxonlarning o'zi ushbu asarni mutolaa qilish orqali topadilar degan niyatdamiz.