Qiyomat

Містить рекламу
5 тис.+
Завантаження
Вікові обмеження
Для всіх вікових груп
Знімок екрана
Знімок екрана
Знімок екрана
Знімок екрана
Знімок екрана
Знімок екрана
Знімок екрана
Знімок екрана
Знімок екрана

Про цей додаток

Hali maktabda o‘qib yurgan davrlarim, qish kechalarining biri edi. Kechki ovqatdan keyin men uy vazifalarimni tayyorlashga, dadam esa har kungi odatini kanda qilmay kitob o‘qishga kirishdi. Birdan chiroq o‘chdi. Oyim sham yoqdi, men chiroq yongach darslarimni davom ettirishga qaror qildim, ammo dadam hech narsaga parvo qilmay sham yorug‘ida mutolaani davom ettirardi. Dadam o‘qishga shunchalik berilib ketgan ediki, go‘yo hozir yonimizda emas, o‘sha asar voqeligiga singib ketganday edi. Ora-sira mutolaani to‘xtatar, chuqur o‘yga tolar, nimagadir kuyunganday bosh chayqab qo‘yar va yana o‘qishda davom etardi. Buni chetdan kuzatib turgan menga dadamning sham yorug‘idagi o‘ychan holati qanchalik zalvorli ko‘ringan bo‘lsa, u o‘qiyotgan kitob ham shunchalik qiziq tuyuldi. Bu so‘nggi yuz yillikning eng mashhur yozuvchilaridan biri – Chingiz Aytmatovning “Qiyomat”romani edi. Uyimizdagi kutubxonadan joy olgan bu kitobning dadamdan keyingi o‘quvchisi men bo‘ldim.

Асар хакіда

So‘nggi yuz yillikning dunyoga mashhur yozuvchilaridan biri, qardosh qirg‘iz adabiyotining yetakchi namoyandasi Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” (“Kunda”) romani ilk marotaba 1986-yilda rus tilida nashr etilgan. Біроз о‘тіб, рус тилідан кирг‘ізчага тардзіма цілінган. Roman avval o‘zbekchaga “Kunda” nomi bilan tarjima qilinib, 1988-yilda “Sharq yulduzi” jurnalining 8, 9, 10-sonlarida e’lon qilingan.

Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romanida ezgulik va oliyjanoblikning, yaxshilik va to‘g‘rilikning, adolat va haqgo‘ylikning, Qiyomat qoyim darajasiga tushayotgan holatlari tabiat, jamiyat, inson va iymon muammolarini aks ettirish orqali ko‘rsatiladi. Romanda bir-biri bilan mohirona bog‘langan va ayni paytda umuman boshqa-boshqa zamon va makonda yuz beradigan voqealarning har birini soatlab tahlil qilish mumkin. Men esa romanning siz o‘qishingiz mumkin bo‘lgan boshqa tahlillarda tilga olinmagan jihatlarini yoritishga harakat qildim.


Roman uch bo‘lim va to‘rt asosiy syujet voqeliklaridan tashkil topgan. Birinchi hikoya liniyasida bo‘rilar Akbara va Toshchaynar, ikkinchisida diniy seminariyadan ketgan Avdiy Kallistratov, uchinchisi Hazrat Iso va nihoyat to‘rtinchisi halol va mehnatkash cho‘pon Bo‘ston bilan bog‘langan. Asarning boshlanishi urg‘ochi bo‘ri Akbara nuqtai nazaridan, keyinroq Avdiy, oxiri ham Akbara, ham Bo‘stonning qarashlari shaklida hikoya qilinadi.
Оновлено
17 жовт. 2025 р.

Безпека даних

Безпека визначається тим, як додаток збирає і кому передає ваші дані. Способи забезпечення конфіденційності й захисту даних можуть різнитися залежно від використання додатка, регіону та віку користувача. Розробник, який надає цю інформацію, може оновлювати її.
Дані не передаються третім сторонам
Докладніше про те, як розробники заявляють про передавання даних
Цей додаток може збирати такі типи даних
Ідентифікатори пристрою або інші ідентифікатори
Дані передаються в зашифрованому вигляді

Що нового

Use the app in 2 languages

Adjust the text to any size you like
Enable dark mode
Change the text color
Change the background color of the text
Change the text style (font)
And many other features available