Bilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi, xohi yosh,
xohi qari, mana shu tubandagi to‘rt narsaning tarixini bilishi albatta lozimdur.
I. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari.
II. Корані Карім.
III. Dini Islom tarixi.
IV. Ка’батулло таріксі.
Shuning uchun, men faqir — Alixonto‘ra Shokirxonto‘ra o‘g‘li Sog‘uniydurmankim,
bizlardin keyingi avlod nasllarimizga va ham boshqa turkiy tillik vatandosh, din
qarindoshlarimizga mendan yodgor bo‘lsin deb yuqoridagi to‘rt narsa tarixini har qandoq
kishi tushungudek qilib, ochiq turkiy tilida yozdim. Бу кітобга «Тариксі Мухаммаді» деб
от qo‘ydim. Buni o‘qiguvchilar faqirni duolarida yod qilib qo‘yishlarini umid qilurman.
БУЮК УСТОЗ ГАКІДА СО‘З
«Tarixi Muhammadiy» muallifi Alixonto‘ra Sog‘uniyni asrimizning ko‘plab ulamoi fozillari
o‘zlarining buyuk ustozlari deb biladilar. Zero, ul zoti bobarakotning serfayz va ta’sirchan
suhbatlaridan bir lahza bahramand bo‘lgan har bir tolibi sodiq yillar davomida o‘zga
ustozlardan olgan saboqlari yoki yuzlab mutolaa qilgan kitoblardan olgan
ma’lumotlaridan ham ziyodroq istifoda etar edi, desam mubolag‘a bo‘lmas. Каміна еса
bir lahza emas, Tangriga behad shukrlar aytamankim, ul ustozi kullning darsgo‘ylik
davralarida va fayzli suhbatlarida ko‘p bo‘lganman va ko‘pdan-ko‘p ilmiy ishtibohlarimni
so‘rab o‘ta qoniqarli javoblar olganman.
Hamon esimda, 1971 yili Marg‘ilon shahriga borganlarida bir ilmiy suhbatda hozirlarning
ko‘pchiligi tolibi ilmlar ekanini nazarda tutib, ahli majlisga Qur'oni karimdan Val-asr
surasini tafsir qilib bergan edilar. Sura eng qisqa suralardan bo‘lib, atigi uch oyat — ikki
satr bo‘lishiga qaramay ustoz roppa-rosa ikki soat tahlil etib, oyatlarning har bir kalima,
hatto harfi zimnidagi hikmati va nuqtalarini shunchalik hakimona sharxlar edilarki,
diqqat bilan some’ bo‘lib turgan ulamo va toliblar boshlariga qush qo‘ngandek sukut
saqlagan holda vujudlari quloq bo‘lib, har bir so‘zlarini uqib olishga va mag‘zini
chaqishga harakat qilar edilar.
Darhaqiqat, ustoz ilmu hikmatning bir-ikki sohasida emas, balki ilmi qiroat, tafsir, hadis,
fiqh, nahv, balog‘at, mantiq, tib, tarix, siyrat, jug‘rofiya, nazmu nasr va boshqa fanlar
bo‘yicha ham yetuk mutaxassis edilar.
Endi ushbu siyrati nabaviyya faniga mansub «Tarixi Muhammadiy» asari xususida ham
biroz to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Islom tarixi va janob payg‘ambarimiz Muhammad alayhis-salotu vas-salomning hayotlari
va faoliyatlari to‘g‘risida hozirgacha arab, fors, turk va boshqa sharq va g’arb tillarida
juda ko‘plab asarlar yozilgan. Lekin Alixonto‘ra Sog‘uniyning ushbu asari ularning
xulosasi bo‘lishi bilan birga, ma’lumotlarining ishonchli manbalardan olinganligi, har bir
tarixiy voqea bayonidan keyin muallifning unga nisbatan o‘z fikr-mulohazalarini ibratli
ravishda izhor etganlari va asarga imkoni boricha badiiylik kiritib har qanday kitobxonni
o‘ziga rom etishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Mening fikrimcha, asarni bir marta o‘qib chiqishning o‘zi kifoya qilmaydi, balki shu
muhim manbaga tez-tez murojaat qilib turish kerak. Табіїйки, хар сафар яньгі-яньгі
tushunchalar kashf etilib, kitobxonda o‘zgacha taassurotlar hosil bo‘ladi. Бу факат
kaminaning fikri emas. Asarni mutolaa qilib chiqqan ko‘pdan-ko‘p do‘stlarimiz ham
ушбу гапні такрорлаб турадилар. Ayniqsa, imom-xatiblar, ulamoi kiromlar va tolibi
ilmlarning har birlarida ushbu noyob asardan bo‘lishini tavsiya etardim. Нуль, хозірги
kunimizda Islom tarixi bo‘yicha o‘z ona tilimizda batafsil yozilgan bundan o‘zga asar
йо'к. Bundan tashqari bu fanga doir har qanday kitob uning o‘rnini bosa olmaydi. Xullas,
«Таріксі Мухаммаді» кітобіні хар канча та’ріф ва тавсіф кілінса, камлік кіладі. Yaxshisi,
asarning o‘zini qunt bilan mutolaa qilib, uning serqirrali ma’lumotlaridan, fayzu futuhli
mazmunlaridan bahramand bo‘lgan kitobxongina bunday ta’riflarda mubolag‘a yo‘q
ekaniga to‘la ishonch hosil qiladi.
Книги та довідкова література