Masnaviydan ibratli hikoyatlar

Reklamalar mavjud
10 ming+
Yuklanmalar
Yoshga oid cheklov
T (13+)
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot

Bu ilova haqida

Jaloliddin RUMIY
“MASNAVIY”DAN IBRATLI HIKOYALAR
Masul muxarrir:
Abdumurod TILAVOV
filologiya fanlari nomzodi

Hazrati Mavlononing hayoti
Mavlono Jaloliddin Rumiy 1207 yil 30 sentabrda bugungi Afg‘oniston hududiga qarashli bo‘lgan Xuroson o‘lkasining Balx shahrida tug‘ilgan. Mavlononing otasi Balx shahrining peshvolaridan bo‘lib, «Olimlar sultoni» unvonini olgan Husayn Hatibi o‘g‘li BahovuddinValaddir. Onasi esa Balx amirining qizi Mo‘mina xotundir. Bahovuddin Valad ba’zi sayosiy voqealar va mo‘g‘ul istilosi sababli Balxdan ketishga majbur bo‘lgan. 1212 yoki 1213 yilda oila a’zolari va yaqinlari bilan birgalikda Balxdan ketganlar.
«Olimlar sultoni»ning ilk o‘rnashgan joyi Nishopur bo‘ldi. Bu shaharda mashhur mutasavvif Farididdin Attor bilan uchrashdi. Mavlono kichik bo‘lishiga qaramay u erda Farididdin Attorning nazariga tushdi. «Olimlar sultoni» Nishopurdan Bog‘dodga va keyinchalik Kufa yo‘li orqali Ka’baga yo‘l oldi. Haj amalini bajargandan so‘ng, qaytishda Shomga kirib o‘tdi. Shomdan Malazya, Erzinjon, Sivas, Qaysari, Nig‘de yo‘llari orqali Larendega (Karaman) keldi.
Karamanda amir Muso qurdirgan madrasada qo‘nim topdi. 1222 yilda Karamanga kelgan «Olimlar sultoni» va uning oilasi bu yerda yetti yil yashadi. Mavlono 1225 yilda Sharafiddin Loloning qizi Gavhar xonimga uylandi. Mavlononing bu nikohidan sulton Valad va Alovuddin Chalabiy ismli ikki o‘g‘li bor. Bir necha yillardan so‘ng Gavhar xonimni yo‘qotgan Mavlono bir bolasi bilan beva qolgan Karra xonimga“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy uylandi. Mavlononing ikkinchi nikohidan Muzaffariddin, Amir Alim Chalabiy nomli ikki o‘g‘il va Malika xonim ismli bir qiz dunyoga keldi.

Masnaviy haqida
Masnaviy sharq klassik adabiyotida bir she’r usulining nomidir. Lug‘at ma’nosi «ikkilik», «ikkitadan» demakdir. Adabiyotda bir xil vaznda va har bayti o‘zaro alohida alohida qofiyalanib kelgan nazm shakliga masnaviy deyilgan.
Masnaviy sharq she’riyatining bir she’riy yo‘nalishi bo‘lsada, masnaviy deyilganda odatda Mavlononing «Masnaviy»si ko‘z oldimizga keladi. Mavlono «Masnaviy-»ni Husomiddin Chalabiyning iltimosiga ko‘ra yozgan. Kotib Chalabiy so‘zlariga qaraganda Mavlono «Masnaviy» baytlarini aytib turar, Husomiddii Chaaabiy yozar edi.«Masnaviy»ning tili forschadir. Hozirda Mavldi» muzeyida saqlanayotgan 1278 yild yozilgan Masnaviy» nusxasiga ko‘ra, baytlar soni 25618 tadir.
Oxirgi yangilanish
16-okt, 2023

Maʼlumotlar xavfsizligi

Xavfsizlik — dastur ishlab chiquvchilar maʼlumotlaringizni qanday jamlashi va ulashishini tushinishdan boshlanadi. Maʼlumotlar maxfiyligi va xavfsizlik amaliyotlari ilovadan foydalanish, hudud va yoshga qarab farq qilishi mumkin. Bu axborot dastur ishlab chiquvchi tomonidan taqdim etilgan va keyinchalik yangilanishi mumkin.
Tashqi hamkorlarga hech qanday axborot ulashilmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot ulashilishini qanday aytishi haqida batafsil
Ushbu ilova quyidagi axborot turlarini toʻplashi mumkin
Joylashuv va Qurilma yoki boshqa identifikatorlar
Maʼlumotlar shifrlanmagan
Maʼlumotlar oʻchmaydi

Nima yangiliklar

Masnaviydan ibratli hikoyatlar