Shayx Muhammad Sodiq (Yusuf).

Reklamalar mavjud
50 ming+
Yuklanmalar
Yoshga oid cheklov
Hamma uchun
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot

Bu ilova haqida

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haqida ma'lumot.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari 1952 yil 15 aprelda Andijon viloyatida tavallud topgan.

U Buxoro shahridagi “Mir Arab” madrasasida, so‘ngra Toshkentdagi imom Buxoriy nomli Islom oliy ma’hadida tahsil olgan.

Oliy ma’hadni bitirishlari bilanoq “Sovet sharqi musulmonlari” jurnalida ishlagan.

O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini chet elga, ya’ni Liviya Arab Respublikasining Tripoli shahridagi Islomiy da’vat fakultetiga o‘qishga yubordi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari mazkur fakultetni 1980 yil imtiyozli tamomlab, yurtga qaytdi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining tashqi aloqalar bo‘limida ishlab, bir paytda Oliy ma’hadda dars bergan. Keyin mazkur ma’hadda mudir noibi, so‘ngra mudir lavozimlarida ishlagan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari diniy idoraning 1989 yilda bo‘lib o‘tgan Umumiy qurultoyida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari Diniy idorasi muftiysi lavozimiga tayinlangan. Qolaversa, kishi mustaqil O‘zbekiston Respublikasining birinchi muftiysi bo‘ldi.

Shayx hazratlari Makkai Mukarramadagi “Butun Dunyo Islom Robitasi”ning ta’sis majlisi, Butun dunyo tasavvuf uyushmasi, Butun dunyo Islomiy xalqlari boshqaruvining bosh kotibiyati, Butun dunyo da’vat uyushmasi, Butun dunyo Ulamolari kengashi uyushmasi, Islomobod shahridagi Butun dunyo Islom uyushmasi, Makkai Mukarramadagi Butun dunyo mufakkir ulamolari yig‘inining ijroiya qo‘mitasi, Butun dunyo masjidlar uyushmasi, Iordaniyadagi Oli Bayt mussasasiga qarashli Islomiy fikrlar akademiyasi a’zosi edi.

Shuningdek, shayx hazratlari Misr Arab Respublikasi, Liviya Jamohiriyasi va Rossiya federatsiyalari kabi qator davlatlarning faxriy unvon va mukofotlari bilan taqdirlangan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari 2015 yil 10 mart kuni Toshkent shahrida vafot etgan.
Oxirgi yangilanish
16-iyl, 2025

Maʼlumotlar xavfsizligi

Xavfsizlik — dastur ishlab chiquvchilar maʼlumotlaringizni qanday jamlashi va ulashishini tushunishdan boshlanadi. Maʼlumotlar maxfiyligi va xavfsizlik amaliyotlari ilovadan foydalanish, hudud va yoshga qarab farq qilishi mumkin. Bu axborot dastur ishlab chiquvchi tomonidan taqdim etilgan va keyinchalik yangilanishi mumkin.
Tashqi hamkorlarga hech qanday axborot ulashilmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot ulashilishini qanday aytishi haqida batafsil
Ushbu ilova quyidagi axborot turlarini toʻplashi mumkin
Joylashuv va Qurilma yoki boshqa identifikatorlar
Maʼlumotlar shifrlanmagan
Maʼlumotlar oʻchmaydi

Nima yangiliklar

Поддержка Android 15.