Uzbekistan's Club

500+
Yuklanmalar
Yoshga oid cheklov
Hamma uchun
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot

Bu ilova haqida

Kreativ sanoat, media, ta'lim kabi sohalarda bir necha yildan beri ishlab, tajriba orttirgan yosh va progressiv jamoa 2021- yildan beri Uzbekistan's club loyihasini amalga oshirib kelmoqda.
Katta salohiyat va iste'dodga ega minglab o'zbekistonliklar bugun dunyo bo'ylab katta kompaniyalar, nufuzli tashkilot va ta'lim dargohlarida muvaffaqiyatli karyera qilyapti, yana yuzlab hamyurtlarimiz chet mamlakatlarida o'z serdaromad bizneslarini boshlagan. Aholimiz o'sishi hamda O'zbekistonda xususiy ta'limning rivojlanishi, yoshlarning o'z ustida ishlashga bo'lgan intilishlari oshib borishi natijasida bu trend davomiy bo'ladi.
Mana shunday noyob tarixiy imkoniyat – demografik dividendimizdan unumli foydalanish maqsadida biz:
– Foydalanib turganingiz uzbekistans.club platformasini ishga tushirdik, muvaffaqiyatli vatandoshlarga onlayn tarzda rezident bo'lish imkoniyatini yaratdik;
– "O'zbekistonlik" nomli ilhombaxsh hujjatli filmlarining bir nechta epizodini omma e'tiboriga havola qildik;
– Milliy taomlarimizni tayyorlash va qiziqarli suhbatlarni o'z ichiga olgan kulinariya shousini tayyorladik;
– Jahon hamjamiyatining e'tiborini, xususan, o'zbekistonliklar orqali Orolbo'yi mintaqasi muammolariga qaratishni ko'zlagan Aral Dream loyihasiga start berdik;
– O'zbekistonni rivojlantirish uchun g'oyalarni ishlab chiqish va vatandoshlar orasida netvorkingni kuchaytirishga xizmat qiladigan xalqaro forumlariga asos soldik;
– Jurnalist, bloger va fikr yetakchilari uchun klubda media rezidentlik imkoniyatini yaratdik.
Ammo yuqoridagilar uzoq muddatli loyihalarning boshlanishi xolos. Ko'plab qiziqarli media tashabbuslar va iventlar, O'zbekistonning inson kapitalini oshirishga qaratilgan ishlarni siz kabi vatandoshlar bilan birgalikda, bamaslahat amalga oshirishga ochiqmiz. Xorij mamlakatida muvaffaqiyatli karyera qilgan yoki o'z biznesini boshlagan o'zbekistonliklarni klubimizga rezident sifatida qo'shilishlarini so'raymiz. Uzbekistan's club orqali xalqqa o'z qahramonlarini tanitish, dunyoning turli nuqtalaridagi vatandoshlarni bir-biri bilan bog'lash – bizning birlamchi vazifamizdir.
Oxirgi yangilanish
3-noy, 2023

Maʼlumotlar xavfsizligi

Xavfsizlik — dastur ishlab chiquvchilar maʼlumotlaringizni qanday jamlashi va ulashishini tushinishdan boshlanadi. Maʼlumotlar maxfiyligi va xavfsizlik amaliyotlari ilovadan foydalanish, hudud va yoshga qarab farq qilishi mumkin. Bu axborot dastur ishlab chiquvchi tomonidan taqdim etilgan va keyinchalik yangilanishi mumkin.
Bu ilova tashqi hamkorlarga quyidagi turdagi maʼlumotlarini ulashishi mumkin
Ilova axboroti va unumdorlik
Hech qanday maʼlumot jamlanmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot jamlanishini qanday aytishi haqida batafsil
Maʼlumotlar uzatish vaqtida shifrlanadi

Nima yangiliklar

- UI and Performance optimization;
- Other minor changes;

Ilova yuzasidan yordam

Dasturchi haqida
UNITED IT COMPANY, MAS ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI
developer@uicgroup.org
1 Niyozbek yuli street Tashkent Uzbekistan
+998 90 805 59 95

UIC Group – boshqa ilovalar