4,8
121 ming ta sharh
Hukumat
1 mln+
Yuklanmalar
Yoshga oid cheklov
Hamma uchun
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot

Bu ilova haqida

Davlat xizmatlarining raqamli formati — tez, qulay va chegirmalar bilan.

MyGov mobil ilovasi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining rasmiy mobil ilovasidan istalgan vaqtda, masofadan turib, navbatlarsiz foydalaning.

Oila, ta’lim, ijtimoiy himoya, sport va transport kabi 20 dan ortiq sohalar, 370 dan ortiq xizmatlar va pullik xizmatlarga 10%lik chegirma.

Ro‘yxatdan o‘tish, FaceID orqali identifikatsiya, davlat xizmatlaridan foydalanish yoki ariza yuborish hamda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari endi bir ilovada. Qulay va tushunarli interfeys va yanada ko‘proq imkoniyatlardan ilova orqali foydalaning. MyScanni sinab ko‘ring, MyScan orqali akkauntingizga login va parolni ishlatmagan holda darhol kirishingiz, xizmatlardan olingan hujjatlarni haqiqiyligini tekshirishingiz hamda yuklab olishingiz hamda xizmatlar uchun tezkor to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun ilovani o‘rnating va o‘rtadagi skanerlash belgisini bosing va tegishli QR-kodni skanerlang.

MyGov ilovasida foydalanuvchilar tomonidan ko‘p beriladigan savollarga javoblarni ko‘rishingiz hamda ma’lum xizmatlardan foydalanishda videoqo‘llanmalar bilan tanishishingiz mumkin. Har bir xizmat pasportida xizmat bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni topasiz. Videoqo‘llanma, xizmat tavsifi, xizmat narxi va muddati kabi ma’lumotlar shular jumlasidan.

Ilova orqali profilingizga kiring, arizalarni boshqaring, xizmatlar uchun sharhlar qoldiring. Sizga tegishli hujjatlar, ko‘chmas mulk va avtotransport ma’lumotlari bilan tanishing, kommunal balanslarni nazorat qiling.

Nikoh holati, kredit tarixi, ta’lim krediti, avtomobil boshqaruvi uchun ishonchnoma, 50 dan ortiq turli xil ma’lumotnomalar uchun ovora bo‘lib yurish shart emas. Davlat xizmatlari uchun tashkilotlarga yozma ariza to‘ldirish o‘rniga uyingizdan turib 5 daqiqa ichida elektron ariza yuboring va belgilangan muddatda natijani oling.

To‘lovlar bo‘limiga o‘ting va 1000 ga yaqin kundalik hayotda kerakli sohalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiring. Davlat xizmatlari uchun ham to‘lovlarni ilovadan chiqmagan holda to‘lash imkoniyatiga egasiz.

MyGov mobil ilovasini o‘rnating raqamli hukumat yangiliklari bilan tanishing, vidjetlarni boshqaring va bildirishnomalar orqali muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘ling.

Bizning missiyamiz – raqamlashtirish orqali odamlarning hayotini osonlashtirish va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini taqdim etish.
Oxirgi yangilanish
17-okt, 2024

Maʼlumotlar xavfsizligi

Xavfsizlik — dastur ishlab chiquvchilar maʼlumotlaringizni qanday jamlashi va ulashishini tushunishdan boshlanadi. Maʼlumotlar maxfiyligi va xavfsizlik amaliyotlari ilovadan foydalanish, hudud va yoshga qarab farq qilishi mumkin. Bu axborot dastur ishlab chiquvchi tomonidan taqdim etilgan va keyinchalik yangilanishi mumkin.
Tashqi hamkorlarga hech qanday axborot ulashilmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot ulashilishini qanday aytishi haqida batafsil
Hech qanday maʼlumot jamlanmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot jamlanishini qanday aytishi haqida batafsil

Reytinglar va sharhlar

4,8
120 ming ta sharh
Olim Maxsumov
25-oktabr, 2024
Мен ушбу илованинг аввалги версиясида кийналмасдан ишлаётган эдим. Иловани янгилаш булгандан кейин муаммолар пайдо буляпти. Ишсиз фукароларни уз-узини банд килишда кийинчиликлар вужудга келяпти. Имкон булса эди янгилашни босмаганим маъкул эди.
Buni foydasi tegdimi?
UZINFOCOM
25-oktabr, 2024
Assalomu alaykum Hurmatli foydalanuvchi! Kelib chiqqan savollar yuzasidan biz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin. Aloqa-markaz: 1242 , Telegram-bot: @MyGovRasmiyBot
Murod Xudayberdiyev
24-oktabr, 2024
Assalomu aleykum MyGov ilosida HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASIni KIM TOMONIDAN BERILISHIGAN degan joyida MAVJUD EMAS degan yozuv chiqyapdi GUVOHNAMAMNI OʼZIDA QAYERDAN BERILGANINI YOZILGAN DXM. bu ilova xatosimi? Yoki shunday boʼlib turadimi?
Buni foydasi tegdimi?
UZINFOCOM
25-oktabr, 2024
Assalomu alaykum Hurmatli foydalanuvchi! Shaxsiy maʼlumotlar vakolatli tashkilotlarni axborot tizimlaridan idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik orqali real vaqt rejimida keladi. Kelib chiqqan savollar yuzasidan biz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin. Aloqa-markaz: 1242 , Telegram-bot: @MyGovRasmiyBot
Temur Boboqulov
23-oktabr, 2024
nimaga bizni oilamizga umuman aloqasi yoʻq odamlar chiqayapti kiyin uy manzilixam mahallaxam boshqa🤔
1 kishi bu sharhni foydali deb topgan
Buni foydasi tegdimi?
UZINFOCOM
23-oktabr, 2024
Assalomu alaykum Hurmatli foydalanuvchi! Shaxsiy maʼlumotlar vakolatli tashkilotlarni axborot tizimlaridan idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik orqali real vaqt rejimida keladi. Kelib chiqqan savollar yuzasidan biz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin. Aloqa-markaz: 1242 , Telegram-bot: @MyGovRasmiyBot

Ilova yuzasidan yordam

Dasturchi haqida
DAVLAT AXBOROT TIZIMLARINI YARATISH VA QO LLAB QUVATLASH BO YICHA YAGONA INTEGRATOR-UZINFOCOM, MASU
info@uzinfocom.uz
28B A.Navoiy str. 100011, Tashkent Uzbekistan
+998 99 840 56 66

UZINFOCOM – boshqa ilovalar