Koreys tilini noldan o'rganmoqchimisiz? Bu ilova o'zbek tilida so'zlashuvchilar
uchun maxsus tayyorlangan: barcha tushuntirishlar, tarjimalar va darslar —
o'zbek tilida. Har bir koreyscha so'z va ibora ostida lotin harflarida o'qilishi
(romanizatsiya) berylgan. Internetsiz ham to'liq ishlaydi.
📘 SO'ZLASHGICH
35 ta hayotiy mavzu: salomlashish, aeroport, bojxona, pul almashtirish, taksi,
mehmonxona, restoran, bozor, telefon, shifokor, sartaroshxona, sport, bayramlar,
Korea diqqatga sazovor joylari va boshqalar. Har bir ibora ovozli talaffuz
bilan - koreyscha jumlani qanday aytishni eshitib o'rganasiz. Iboralarni
Sevimlilarga qo'shish va ulashish mumkin.
🎧 AUDIO DIALOGLAR
Ikki kishilik tabiiy suhbatlar: tanishuv, aeroportda, mehmonxonada, taksida,
restoranda, bozorda, shifokorda, bankda, ishga suhbat, kafeda. Aytilayotgan gap
ekranda avtomatik yoritiladi - koreyscha matn va o'zbekcha tarjima yonma-yon
turadi. Tinglash orqali quloq o'rganadi.
📖 GRAMMATIKA
Hangul (koreys alifbosi), bo'g'in va batchim, talaffuz qoidalari, muomala
uslublari, 은/는 va 이/가, kelishik qo'shimchalari, hozirgi, o'tgan va kelasi
zamon, inkor, sonlar va sanoq so'zlari, soat va sana, sifatlar, so'roq so'zlari,
xohish, iltimos, taklif, imkoniyat, bog'lovchilar, shart, maqsad, hurmat shakli,
taqqoslash, 반말 va gap oxiri qo'shimchalari. Har bir dars sodda o'zbek tilida
tushuntirilgan va oxirida test bor.
🔤 SO'ZLAR
16 ta mavzu: sonlar, vaqt, ranglar, oila, tana qismlari, ovqat, uy, kiyim,
shahar, transport, tabiat, hayvonlar, kasblar, hissiyotlar, maktab va asosiy
fe'llar. Har bir so'z ovozli. Qo'shimcha: 1000 ta eng ko'p ishlatiladigan
koreyscha so'z va 250 ta fe'l ro'yxati.
🎮 O'YINLAR VA TESTLAR
• So'zlar bo'yicha test - to'rt javobdan to'g'risini tanlang
• So'zlashgich bo'yicha test - iboralarni mustahkamlang
• So'zlarni bog'lang - so'z va tarjimasini juftlang
• Ha yoki yo'q - tarjima to'g'rimi?
• So'zlarni yig'ing - bo'g'inlardan so'z tuzing
• Kartochkalar – tez yodlash uchun
• Grammatika testlari – har bir darsdan keyin
📚 KOREYSCHA HIKOYALAR
48 ta qisqa hikoya - o'qish ko'nikmasini oshirish uchun. Koreyada yashayotgan
o'zbek talabalar, koreys ertaklari, bayramlar va kundalik hayot haqida. Har Bir
hikoyaning o'zbekcha tarjimasi bor. Shrift o'lchamini o'zgartirish va tungi
rejim mavjud.
📊 STATISTIKA
Kunlik seriya, o'rganilgan so'zlar soni, to'g'ri javoblar foizi va so'nggi
7 kunlik faollik - o'z o'sishingizni ko'rib turasiz.
✅ NIMASI QULAY
• Butunlay o'zbek tilida – rus tili orqali emas
• Har bir so'z va ibora ostida o'qilishi (romanizatsiya)
• Lotin va kirill yozuvi – bitta tugma bilan almashadi
• Internetsiz ishlaydi – hamma narsa telefonda
• Tungi mode
• Ro'yxatdan o'tish shart emas
Koreyaga ish, o'qish yoki sayohat uchunmi, TOPIK imtihoniga
tayyorlanyapsizmi yoki K-pop va koreys seriallarini asl tilida tushunmoqchimisiz
— bu ilova bilan koreys tilini har kuni bir oz o'rganib borasiz.
So'zlashgich, audio dialoglar, grammatika va 700 so'z — hammasi o'zbek tilida